František Rajtoral (; 1986-yil 12-mart — taxminan 2017-yil 23-aprel) — yarim himoaychi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan chexiyalik professional futbolchi. Viktoria Plzeňdagi faoliyati bilan mashhur edi. Chexiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Rajtoral bir mavsum „Pribram“da oʻynagan va 2005-yilda FC Baník Ostravaga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. 2005—2006-yillardagi UEFA kubogida Ostravada oʻynab, Yevropa musobaqalarida debyut qilgan.

Viktoria Plzeň 2009-yilda Viktoria Plzeňga qoʻshildi.

Rajtoral 2010-yilda Chexiya Superkubogining ilk uchrashuvida Praganing Sparta klubiga qarshi oʻynagan, chetlatilgan ikki futbolchidan biri boʻldi va jamoasi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi. 2010—2011-yilgi mavsumdagi ilk golini 2010-yil oktabr oyida Mladá Boleslavga qarshi o‘yinda urgan, biroq jamoasi o‘yinda 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Rajtoral 2011-yilgi Chexiya Superkubogi bahslarida Plzeň safida oʻynadi, klub Mladá Boleslavga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.

Hannover 96 2014-yilning yanvarida Rajtoral Germaniya Bundesligasining Hannover 96 klubiga yarim mavsumlik ijara asosida qoʻshildi. Yangi mavsum boshlanishida Plzeňga qaytdi.

Rajtoral Gaziantepsporga 2016-yil avgust oyida kelib qo‘shidi. 2017-yil 23-aprel kuni ertalab jamoasi bilan mashg‘ulotga kelmaganidan so‘ng Turkiyaning Gaziantep shahridagi uyida o‘lik holda topilgan. Qoʻshnilari kvartirasining eshigi ichkaridan qulflanganligini koʻrib, hech qanday javob olmaganidan xavotirlanib mahalliy hokimiyatga murojaat qilishdi. Tekshiruvdan soʻng mahalliy hokimiyat Rajtoral osish orqali oʻz joniga qasd qilganini maʼlum qildi.

Xalqaro faoliyati Rajtoral 2007-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Oʻz milliy terma jamoasining turnirdagi uchta oʻyinidan barchasida maydonga tushgan.

2012-yil 29-fevralda Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan, o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan. 2012-yilning may oyida oʻz mamlakatining Yevro-2012 turniri uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMarila Příbram2004—2005Chexiya birinchi ligasi1510000151Baník Ostrava2005—2006Chexiya birinchi ligasi26000002602006—200726800002682007—200825300002532008—20092310000231Jami10012000010012Viktoria Plzeň2009—2010Chexiya birinchi ligasi27350003232010—201127350203432011—2012292201414532012—2013283201634662013—201416310122295Jami1271415044618620Hannover 962013—2014Bundesliga70000070Viktoria Plzeň2014—2015Chexiya birinchi ligasi16441002042015—201622170903812016—201730000030Jami41511190616Gaziantepspor2016—2017Süper Lig1207000190Jami faoliyati3023233153638839

Yutuqlari

Klub

Chexiya kubogi: 2010 Gambrinus liga: 2010—2011, 2012—2013, 2014—2015, 2015—2016 Chexiya Superkubogi: 2011, 2015

Manbalar

Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:2017-yilda vafot etganlar