Axel Tupane (1992-yil 23-iyulda tugʻilgan) — LNB Pro A ning Parij Basketbol jamoasining fransuz professional basketbolchisi hisoblanadi. Toupane shuningdek, Fransiya terma jamoasini xalqaro tadbirlarda himoya qilib keladi. 2,01 m balandlikgaTOUPANE, AXEL HEIGHT: 2.01. va 101 kg (223 funt) ogʻirlikka ega boʻlib, u uloqtirish himoyachisi va kichik hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.
Professional faoliyati
SIG Strasbourg (2011—2015-yil) thumb|Toupan Žalgiris bilan 2018-yilda|left 2008-yildan 2011-yilgacha Toupan 2011—2012-yilgi LNB Pro A mavsumi uchun SIG Strasbourg katta jamoasiga qoʻshilishdan oldin Élan Béarnais Pau-Orthez va SIG Strasbourg 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan. Yangi oʻyinchi sifatida u Fransiya Pro A ligasining 22 oʻyinida oʻrtacha 2,5 ochko va 1,4 ribaund toʻplagan. 2012—2013-yilgi mavsumda Tupan 35 oʻyinda oʻrtacha 3,9 ochko va 1,9 ribaund toʻplagan, yuqoridagi natijalari bilan Strasburgga Fransiya Liderlar Kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. U keyingi mavsumda ancha samarali oʻyin korsatgan, chunki u har bir oʻyinda oʻrtacha 6,1 ochko va 2,5 ribaund toʻplagan va jami 41 oʻyinda maydonga tushgan.
Žalgiris (2017—2018-yillar) 2017-yilning 27-iyulida Toupane LKL ligasining Litvaning „Jalgiris“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uning mustahkam himoyasi jamoaga Yevroligada ham yordam bergan, u yerda Žalgiris 19 yil ichida birinchi marotaba chorak finaliga yoʻllanma olgan va uchinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari LKLda, Zalgiris ketma-ket sakkizinchi LKL chempionligini qoʻlga kiritgan. Toupane liga kubogi seriyasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻlib, Zalgirisga bir nechta g‘alabalar keltirgan.
Unicaja (2019—2020-yil) 2019-yil 21-avgustda Toupane Liga ACBning Unicaja bilan 1+1 yillik shartnoma imzolagan.
SIG Strasbourg (2020-yil) 2020-yil 1-sentyabrda Toupane SIG Strasbourg bilan 17-oktyabrgacha shartnoma imzolagan.
Santa Cruz Warriorsga qaytish (2021-yil) 2021-yil 15-oktyabrda Toupane Golden State Warriors bilan shartnoma imzolagan, ammo ertasi kuni bekor qilingan. 25-oktyabrda u Santa Kruz jWarrios tomonidan qayta sotib olingan.
Shaxsiy hayoti Toupane — basketbol murabbiyi va asli senegallik sobiq futbolchi Jan-Aime Tupanning oʻgʻli boʻib, onasi fransuz boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Fransiya sportchilari