Kurt Happy Zouma (; 1994-yil 27-oktabrda, Fransiyaning Lion shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Angliyaning „Vest Xem United“ klubi va Fransiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Kurt Vod-an-Velin klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011-yil 2-aprelda Zouma klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2011/12-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshlagan. Kurtning asosiy jamoadagi debyuti 2011-yil 31-avgustda Liga kubogi doirasida „Bordo“ ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Kurt Zouma butun oʻyinni maydonda oʻtkazdi va u „Sent-Etyen“ning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2014-yilda Zouma Angliyaning „Chelsea“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, biroq mavsum oxirigacha „Sent-Etyen“ klubida ijarada qoldi. Zoumaning katta akasi Lionel bor, u ham professional futbolchi va „Sosho“ klubida oʻynaydi.
2014/15-yilgi mavsumda Zouma Londonning "Chelsea" jamoasida oʻynay boshladi. 24-sentabr kuni Zouma futbol liga kubogining 3-bosqichi doirasida „Bolton Uonderers“ ga qarshi oʻyinda „Chelsea“ ga urilgan gol bilan shaxsiy hisobini ochdi. 2017-yilning 21-iyulida Kurt 2017/18-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Stok City“ klubiga oʻtdi. U 2018/19-yilgi mavsumni "Everton" da ijara asosida oʻtkazdi.
2021-yil 28-avgustda Kurt Zouma „Vest Xem United“ bilan 29,8 million funt sterlingga toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati U 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha Fransiya terma jamoalarida qatnashgan. Zouma 2015-yilning 28-mart kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan va 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan.
Shaxsiy hayoti Zoumaning ota-onasi Fransiyaga Markaziy Afrika Respublikasidan koʻchib kelgan. Uning Lionel ismli akasi bor, u ham professional futbolchi.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYearAppsGoalsFransiya201520201810201921202020202140Jami111
2021-yil 16-noyabr holatiga koʻra Fransiya hisobi birinchi koʻrsatilgan. „Hisob“ ustunida Zoumaning har bir golidan keyingi natija aks etgan.
+ Kurt Zouma tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijjaMusobaqa 1 2019-yil 11-iyun Estadi Nacional, Andorra la Vella, Andorra 5 4–0 4–0 UEFA Yevro-2020 saralashi
Yutuqlari
Jamoa yutuqlari
Saint-Étienne Coupe de la Ligue: 2012–13
Chelsi
Premyer-liga chempioni (2): 2014/15, 2016/17 Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2015 UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi: 2020/21 UEFA Superkubogi sohibi: 2021
Shaxsiy yutuqlari
„Chelsea“da yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2015
Manbalar
Havolalar
Profileat the West Ham United F. C. website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Vaulx-en-Velin futbolchilari Turkum:AS Saint-Étienne futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Stoke City F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Al-Orobah FC futbolchilari Turkum:Al Vasl F.C. futbolchilari Turkum:CFR Cluj futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Liga I futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ruminiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:21-asr musulmonlari