Juliano Haus Belletti (; 1976-yil 20-iyunda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyati davomida u „Barcelona“, „Chelsea“, „Villarreal“, „San-Paulu“ va „Atletiko Mineyro“ kabi klublarda oʻynagan.

1999-yilda Atletiko Mineyro klubi bilan Braziliyaning Kumush toʻpi gʻolibi, „Placar“ jurnali tomonidan taqdirlangan. 2002-yilda Juliano Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni. 2005/06-mavsumda „Barselona“ bilan UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Klub martaba

Futbolchilik martabasining boshlanishi Juliano Belletti oʻynagan birinchi klub Braziliyaning „Kruzeyro“ klubi boʻlib, u ikki yil oʻynagan. U klubdagi debyutini 1994-yilning noyabr oyida oʻtkazgan. Keyin u Braziliyaning boshqa klubi — „San-Paulu“ ga oʻtgan va u 6 yil davomida 10 dan ortiq gol urgan. 1999-yilda Juliano markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan va „Atletiko Mineiro“ klubiga ijaraga berilgan. Juliano ushbu klubda oʻynab, Braziliyaning "Kumush toʻpini qoʻlga kiritgan. Villarrealga koʻchib oʻtgandan soʻng, Juliano Belletti terma jamoaga chaqiruv oldi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.

Barselona 2004-yilning yozida Juliano Belletti Kataloniya klubiga oʻtgan. Butun mavsum davomida u himoyachi sifatida oʻynan.

2005/06-yilgi mavsumda u himoyachi sifatida koʻproq oʻyin oʻtkazdi. Uning 2006-yili Belletti UEFA Chempionlar ligasi finalida Londonning „Arsenal“ klubiga (2:1) urgan goli kataloniyaliklarga Yevropaning eng kuchli jamoasi nomini keltirdi. Uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Belletti zaxiradan maydonga tushgan.

Futbolchilik martabasining tugashi 2011-yilning 15-iyunida Belletti „Ceara“ klubiga koʻchib oʻtdi va oʻn ikki kundan soʻng, 27-iyun kuni oʻzining Twitter sahifasida futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qildi. Sababi doimiy jarohatlar edi.

2016-yil 21-dekabrda Juliano Belletti Coritiba klubining xalqaro aloqalar boʻyicha ijrochi direktori etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Cruzeiro EC futbolchilari Turkum:São Paulo FC futbolchilari Turkum:Atlético Mineiro futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2001 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:2003-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Futbol murabbiylari Turkum:Braziliyalik futbol murabbiylar