Dániel Böde (; 1986-yil 24 oktyabrda tugʻilgan) — vengriyalik professional futbolchi, Paksi klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Paks Böde Tolna okrugidagi Szekszárd shahrida tugʻilgan va mahalliy Paksi SE klubida oʻynay boshlagan. 2006-yil 16-sentyabrda Böde Vengriya ligasi doirasidagi birinchi oʻyinini Dioshdyori VTKga qarshi oʻtkazdi va klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Ferencvaros 2012-yilning yozida Daniel Bödega Vengriya gigant klubi Ferencvárosi TC uch yillik shartnoma taklif qilishdi. Yangi klubidagi birinchi mavsumida 30ta oʻyinda 17ta gol urdi va Adamo Kulibalidan keyingi ikkinchi toʻpurar boʻldi. Paks 2019-yilning yozida Ferencváros oʻzining hujumchisi Böde Daniel klubdagi 7 yillik faoliyatidan soʻng klubni tark etishini eʼlon qildi. M4 Sport nashrining xabar berishicha, Böde Ferensvarosda oʻyin vaqti kamligi sababli sobiq jamoasi Paksga qaytgan.
2022-yil sentyabr oyi boshida Böde va Paksi FK oʻzaro kelishuvga erishishdi.
Xalqaro faoliyati Böde Vengriya terma jamoasi safida Belarusga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Birinchi golini 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritdi. 2013-yil 10-sentyabr kuni Böde 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ferenc Puskás stadionida bo‘lib o‘tgan Estoniyaga qarshi oʻyinda (5:1) milliy terma jamoa libosidagi ikkinchi golini kiritdi.
2015-yilning 8-oktyabr kuni Farer orollariga qarshi o‘yinda Böde tanaffusda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻyinning 63- va 71-daqiqalarida ikkita gol urdi va Vengriyaning 2:1 hisobidagi muhim gʻalabasini taʼminladi.
Böde Vengriya terma jamoasining Yevro-2016 terma jamoasi uchun tanlangan.
2016-yilning 18-iyunida Marseldagi Vélodrome stadionida Islandiyaga qarshi oʻyinda (1:1) maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiSuper kubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPaks2005—200619300000000001932006—200716010000000952652007—2008202009100001354282008—200929110600000323932009—2010288206200001037102010—20112415306000000033152011—20122610115100630038152019—202027644––––––––31102020—202125420––––––––2742021—202223343––––––––276Jami237521883240063261231979Ferencváros2012—20133017106300000037202013—20142911335300002039172014—20152913755100301045192015—20163117520010410041202016—20172911640000210037162017—20183013100000000031132018—20192375200002000309Jami2018928161671011230260114Jami faoliyati 43814146244811101752912579193
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Vengriya 2013-yil 7 2 2015-yil 3 2 2016-yil 6 0 2017-yil 3 1 Jami 19 5
Hisob ustuni Bodenning har bir golidan keyingi hisobni aks ettiradi. Natija ustuni esa oʻyin necha-yu necha hisobi bilan yakunlaganini koʻrsatadi.
+Dániel Böde tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2013-yil 26-mart Shukru Saracogʻlu stadioni, Istanbul 1—1 1—1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2013-yil 10-sentyabr Ferens Pushkas Stadion, Budapesht 3—0 5—1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2015-yil 8-oktyabr Groupama Arena, Budapesht 1—1 2—1 UEFA Yevro-2016 saralashi 4 2—1 5 2017-yil 10-oktyabr Groupama Arena, Budapesht 1—0 1—0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari Paks
Nemzeti Bajnokság II: 2005—2006 Magyar Ligakupa: 2010—2011
Ferencváros
OTP Bank Liga: 2015—2016, 2018—2019 Magyar Kupa: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017 Magyar Ligakupa: 2012—2013, 2014—2015 Magyar Szuperkupa: 2015, 2016 Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Vengriyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari