Kieran John Trippier (; 1990-yil 19-sentabrda Angliyada tugʻilgan) – ingliz futbolchisi, Angliyaning „Newcastle United“ futbol klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi. Angliyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalari, shuningdek, yoshlar terma jamoasi vakili.

Xalqaro faoliyati Kieran Trippier birinchi marta 2007-yilning noyabr oyida 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga Gana terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan. 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Kieran Trippier 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan va u yerda jamoasi bilan finalga chiqqan. Keyin Kieran Trippier 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tarkibiga olingan. Kieran Trippier uchta oʻyinda toʻliq oʻynagan. 2010-yil oktabr oyida Kieran Trippier yoshlar terma jamoasiga 2011-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirining pley-off bosqichida, xususan, Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan. U bir oydan soʻng Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ilk golini urgan.

Asosiy jamoadagi debyut 2017-yil 13-iyun kuni Fransiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Kieran Trippier uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va 76-daqiqada almashtirilgan. Biroq uchrashuv fransuzlarning gʻalabasi bilan yakunlangan.

2018-yilning 11-iyulida, Xorvatiya bilan jahon chempionati yarim final uchrashuvining 5-daqiqasidayoq Kieran Trippier milliy terma jamoadagi ilk golini urgan, ammo yakunda britaniyaliklar magʻlub boʻlishgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinOʻyinOʻyinOʻyinOʻyinOʻyinOʻyinOʻyinBarnsley F. C.2009—201030——302010—201139220—412Jami4222000442Burnley F. C.2011—201246341—5042012—201345030—4802013—201441251—4632014—201538030—410Jami1705152001857Tottenham Hotspur F. C.2015—201661301001912016—201712070302202017—201824080303502018—20192713080381Jami6922102401142Atlético de Madrid2019—202025020603302020—202128000703502021—20221500030180Jami68020160860Newcastle United F. C.2021—20226210―722022—202315120―171Jami2133000243Umumiy faoliyatida3701243240045314

Manbalar

Havolalar

Profile at the Wolverhampton Wanderers F.C. website Profile at the Football Association website

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Barnsley F.C. futbolchilari Turkum:Burnley F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar