Yoqubjon Isʼhoqov — (1934-yil 10-sentyabr, Shahrixon shahri) adabiyotshunos, navoiyshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1963).

Faoliyati Fargʻona davlat pedagogika universitetini bitirgan (1956). Shahrixon shahridagi 1-oʻrta maktabda oʻqituvchi (1956—1959), Fargʻona davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi (1959—1961), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim (1961), aspirant (1960—1963), katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1963—2001).

Asarlari „Navoiyning ilk lirikasi“ (1965), „Navoiy lirikasi“ (1883), „Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti“ (2002), „Soʻz sanʼati soʻzligi“ (2006,2015) kitoblari nashr etilgan. 5 jildli „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ning mualliflaridan biri.

Mukofotlari Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1992).

Manbalar