Vahob Rahmonov — (1940, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1968), dotsent.
Vahob Rahmonov 1940-yil 12-aprelda Tojikistonning Xoʻjand tumani Yova qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand pedagogika institutini tugatgan (1963).
Faoliyati Xoʻjand pedagogika institutida oʻqituvchi (1963—1976), Samarqand davlat universiteti aspiranti (1965—1968), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1977—1986) va Guliston davlat universiteti dotsenti (1986—2004).
Asarlari Uning „Sheʼr sanʼatlari“ (1972, 2001), „Oʻzbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lugʻat“ (1983), „Badiiy sanʼat jozibasi“ (hammuallif, 2005) kabi asarlari chop etilgan.
Mukofotlari Xalqaro Bobur mukofoti (2008), „Mehnat shuhrati“ ordeni (2025) sovrindori.
Manbalar
Turkum:Xalqaro Bobur mukofoti sohiblari Turkum:Oʻzbekiston adabiyotshunoslari