Mahkamboy Umarov (1949-yil 9-fevral, Tuzel qishlogʻi, Qibray tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2021-yil 6-avgust, Oʻzbekiston) – shoir, Respublika Taʼlim markazining qozoq tili va adabiyoti kengashi aʼzosi.

Biografiyasi Mahkamboy Umarov 1949-yil 9-fevralda Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Tuzel qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining qozoq tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.

Otasi – Umar Shodi oʻgʻli Toshkent viloyatining mashhur baxshilaridan boʻlgan.

Sheʼriy kitoblari Mahkamboy Umarov „Yettisoy ohanglari“, „Dunyo“ va „Muhabbat“ nomli sheʼriy kitoblari chop etilgan.

Faoliyati Mahkamboy Respublika Taʼlim markazining qozoq tili va adabiyoti kengashi aʼzosi, Oʻzbekistondagi qozoq maktablarining 1, 2, 3, 4- sinflari uchun Alifbo, Oʻqish, Ona tili, Qozoq tili,Oʻqish kitobi, kabi qator darsliklarning muallifi hamdir. Shoir Tursunboy Adashboyev bilan hamkorlikda 1-sinf uchun Kitobim – oftobim nomli singdan tashqari oʻqish darsligi ham yaratgan. Manbalar

Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:9-fevralda tugʻilganlar Turkum:Qibray tumani kishilari Turkum:Qibray tumanida tugʻilganlar Turkum:Shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:2-avgustda vafot etganlar