Jaʼmun (jomun; Eugia jambolona) - Hindistonda oʻsadigan daraxt. „Boburnomada“da Hindistonning oʻsimligi sifatida tilga olingan: „Yana jaʼmundir, bargi tol bargli filjumla oʻxshash… mevasi qora uzumga oʻxshash“. Bobur zikr qilgan oʻsimlik qalampirmunchoq (Caryophyllus aromaticus) — mirtadoshlar (Murtacease) oilasiga mansub, boʻyi 10–12 m ga yetadigan, Tropik Osiyoda oʻsadigan hamisha yashil daraxt boʻlishi yoki Janubiy Osiyo togʻlarida oʻsadigan Yava olxoʻrisi boʻlishi istisno emas. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ja`mun daraxti · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.