Rafiq Radik o‘g‘li Huseynov (, 1988-yil 16-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — ozarbayjonlik yunon-rum kurashchisi, Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi, 2021-yilgi Jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni (2011-yil, 2020-yil va 2022-yil), 2015-yilgi Jahon kubogi g‘olibi, 2015-yil Bokudagi Yevropa o‘yinlari va 2019-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori. Shuningdek, 2020-yil Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2008-yil o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempioni.
Biografiyasi Rafiq Huseynov 1988-yil 16-mayda O‘zbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rafiqning oilasi bir yoshida Bokuga ko‘chib o‘tgan.
1995-2004-yillarda № 291-sonli „Araz“ ekologiya litseyida tahsil olgan.1996-yildan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (sobiq „Dinamo“) sport jamiyati vakili. Rafiq Huseynovning murabbiyi uning otasi, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Radik Huseynov hisoblanadi.
Huseynov 2005-2006-yillarda Boku shahridagi Respublika olimpiya sport litseyida o‘qishni davom ettirgan. 2006-yilda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetiga o‘qishga kirgan va 2010-yilda „Bojxona va bojxona ekspertizasini tashkil etish“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. left|thumb|250x250px| Rafiq Huseynov (chapda) 2017-yilgi Islom birdamlik o‘yinlarining Bokudagi taqdirlash marosimida Huseynov Rafiq 2010-2011-yillarda Ozarbayjon qurolli kuchlarida xizmat qilgan. 2011-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan. 2009-yildan — sport ustasi, 2015-yildan — Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.
2017-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan ,,Islom birdamlik o‘yinlari"da 80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Huseynov finalda eronlik sportchi Yusuf Xaderyanga yutqazib, kumush medal sohibiga aylangan.
Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan 2019-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan oldingi jahon chempionatida esa Rafiq 82 kilogramm vazn toifasida finalda gruziyalik polvon Lashe Gobadzega imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.
2020-yil fevral oyida R.Huseynov Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan qitʼa chempionatida 82 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashda bolgariyalik sportchi Daniel Aleksandrovni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan va ikki karra Yevropa chempioniga aylangan.
2020-yilning mart oyida Huseynov bir vaznda yaxshi ketayotgandi, ammo COVID sabab Huseynov o‘z vaznini 87 kg ga ko‘tarishga harakat qilgan. Lekin o‘sha paytga qadar milliy terma jamoada ushbu vazn toifasidagi kuchli polvonlar borligi sababli, Huseynov vaznini 77 kg ga tushirishga qaror qilgan.
2021-yilning 8-may kuni Sofiyada bo‘lib o‘tgan 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarining litsenziyalangan turnirida 77 kg vazn toifasida Rafiq Huseynov yarim finalda 2017-yilgi Jahon chempioni serbiyalik Viktor Nemeshni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan va Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Ushbu turnirda Huseynov o‘z vaznini 12 kg ga tushirib, yetti yillik tanaffusdan so‘ng 77 kg vazn toifasiga qaytgan.
2021-yil avgust oyida Rafiq Huseynov Tokio Olimpiadasida debyut qilgan. Vazni 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Huseynov birinchi jangida shvetsiyalik Aleks Kessidisani 1:1 hisobida mag‘lub etgan, chunki u oxirgi bo‘lib qabul qilingan. Rafiq chorak finalda qirg‘izistonlik Akjol Maxmudovga 1:9 hisobida imkoniyatni boy bergan. Mahmudovning finalga chiqishi Huseynovga bronza uchun javob bahslarida kurashish imkoniyatini bergan. Huseynov birinchi javob bahsida tunislik Lamjed Maafini 11:1 hisobida mag‘lub etgan. Hal qiluvchi jangda Rafiq Huseynov armanistonlik Karapet Chalyanni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan. Huseynov o‘zining g‘alabasini otasi, shaxsiy murabbiyi Radik Huseynovning g‘alabasi deb atagan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan va Mahmudov bilan bo‘lgan jangdan keyin ham o‘ziga kela olmagan.
Oilasi Rafiqning otasi va shaxsiy murabbiyi — Radik Huseynov Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, harbiy polkovnik. Rafiqning egizak ukalari Odil va Rufat ham professional kurash bilan shug‘ullanishadi va ular ham terma jamoa aʼzolaridir.
Rafiq Huseynov oilali, uning ikki nafar o‘g‘il farzani bor.
Yutuqlari
Jahon chempionatlari Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin 2007-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 66 kg 3 2008-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 66 kg 3 2009-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon chempionati 74 kg 5 2010-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon chempionati 74 kg 5
Yevropa chempionati Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin 2004-yilgi Kadet kurashi bo‘yicha Yevropa chempionati 58 kg 3 2005-yilgi Kadet kurashi bo‘yicha Yevropa chempionati 63 kg 2 2007-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati 66 kg 2 2008-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati 74 kg 1 2011-yilgi Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati 74 kg 1 2018-yilgi Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati 82 kg 3
Jahon chempionatlari Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin 2009-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi 74 kg 2 2011-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi 74 kg 4 2012-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi 74 kg 2 2013-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi 84 kg 3 2015-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi 80 kg 1
Yevropa oʻyinlari Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin 2015-yilgi Yevropa o‘yinlari 80 kg 2
Boshqa musobaqalar Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin 2009-yilgi Cristo Lutte turniri 74 kg 1 2009-yilgi Kurash Oltin Gran-pri 74 kg 1 2010-yilgi Vehbi Emre nomidagi xalqaro turniri 74 kg 2 2011-yilgi Vehbi Emre nomidagi xalqaro turniri 74 kg 1 2011-yilgi Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri 74 kg 5 2011-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri 74 kg 2 2012-yilgi Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri 84 kg 3 2012-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri 84 kg 2 2013-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri 84 kg 5 2013-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri 74 kg 1 2014-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri 80 kg 3 2014-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri 75 kg 1 2014-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri 80 kg 3
Mukofot va unvonlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-iyundagi farmoni bilan Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun „Taraqqiyot“ () ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Rafik Guseynov — profil na sayte International Wrestling Database (angl.) Sayt chempionata Yevropi 2011 goda Hüseynov Rafiq Radik oğlu (azerb.) Greco-roman wrestling — Rafig HUSEYNOV Rafiq Hüseynov: Artıq zarafat insanı hörmətdən salır (azerb.)
Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:16-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar