thumb|275x275px| 1958-yilda Avstriya jamoasi quyidagi oʻyinchilar bilan - chapdan oʻngga, tik turgan holda; Valter Xorak, Ernst Xappel, Karl Koller, Alfred Körner, Pol Halla, Valter Shleger ; choʻkkalab: Helmut Senekowitsch, Gerxard Hanappi, Rudolf Szanvald, Frans Svoboda va Iogann Buzek . Ernst Franz Hermann Happel ( 1925-yil 29-noyabr - 1992-yil 14-noyabr) avstriyalik futbolchi va murabbiy .
Happel barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri sifatida qabul qilinadi . U Gollandiya, Belgiya, gʻarbiy Germaniya va Avstriya klublarini boshqarib ham ligada, ham ichki kubokda gʻolib chiqqan. Happel ikki marta, 1970-yilda “Feyenoord” va 1983-yilda “Gamburger SV” bilan Yevropa kubogini qo‘lga kiritadi, “Bryugge”ni 1978-yilda Yevropa kubogida ikkinchi o‘ringa olib chiqadi va Gollandiya bilan 1978-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu 1958-yilda Jorj Reynorning Shvetsiyada ikkinchi oʻrinni egallashi bilan birga jahon chempionatida mahalliy boʻlmagan murabbiy uchun eng yaxshi natijadir. U ikki klub bilan Yevropa kubogini yutgan besh murabbiylardan birinchisi bo‘ldi (Karlo Anchelotti, Ottmar Xitsfeld, Joze Mourino va Yupp Xaynkes). U, shuningdek, Anchelotti, Mourino, Jovanni Trapattoni, Tomislav Ivich va Erik Gerets singari kamida toʻrtta mamlakatda yuqori darajadagi ichki chempionatlarda gʻolib chiqqan olti nafar murabbiydan biridir.
Futbolchilik karyerasi
Klubdagi karyerasi Happel oʻzining professional futbolchilik faoliyatini "Rapid Wien"da boshlagan, ushbu klubda u 17 yoshida debyut qilgan. Maks Merkel bilan mustahkam mudofaa hamkorligini yoʻlga qoʻyib, u "Rapid"da 1943-yildan 1954-yilgacha va 1956-yildan 1959-yilgacha umumiy 14 yil oʻynadi va olti marta Avstriya chempionligini qoʻlga kiritdi. U 1999-yilda Rapidning “Asr jamoasi” tarkibiga kiritiladi.
oʻrtadagi ikki yil davomida 1954-1956-yillarda Happel Fransiyaning Racing Club de Paris klubida oʻynagan.
Terma jamoadagi karyerasi Happel Avstriya terma jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 1947-yilning sentyabr oyida Vengriyaga qarshi oʻtkazadi. U1948-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Avstriya terma jamoasi safida oʻynagan. Happel 1954-yilda Shveytsariyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlib, u yerda jamoasiga uchinchi oʻrinni egallashga yordam beradi, shuningdek, 1958-yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etadi. Uning terma jamoa safidagi soʻngi oʻyini 1958-yil sentyabr oyida Yugoslaviyaga qarshi oʻyin boʻlgan. U terma jamoada 51 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urganAppearances for Austrian National Team – RSSSF.
Murabbiylik karyerasi Oʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Happel barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biriga aylandi. U murabbiy sifatida toʻrtta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u Yevropa chempionlar kubogida (hozirgi UEFA Chempionlar ligasi) ikkita klubni oltin medalga olib chiqdi va Gollandiya bilan 1978-yilgi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning birinchi klubi 1962-yilda ADO Den Xaag boʻlib, u bilan 1968-yilda Gollandiya kubogini qoʻlga kiritadi. Den Xaagdan soʻng u "Feyenoord" ni boshqargan, u bilan birga Yevropa kubogini (1970-yil finalda "Glazgo Seltik" ni magʻlub etgan) va 1970-yilda Qit'alararo kubokni, keyinchalik 1971-yilda Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.
1978-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Happel Gollandiya terma jamoasini boshqargan va Argentina terma jamoasiga qarshi finalga qadar yetib kelgan. Har doim kam gap odam boʻlgan Happelning oʻyin oldidan qilgan hayajonli nutqi bor-yoʻgʻi bitta jumladan iborat boʻlgani aytiladi: "Janoblar, ikki ochko". Biroq Gollandlar ikkinchi bor finalda qo‘shimcha bo‘limlarda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishadi.
Shaxsiy hayoti Rapid Venaning barcha yosh futbolchilari 1938-yilda avtomatik ravishda Gitler Jugend a'zosi boʻlishadi. Ernstning aytishicha, u yigʻilishlaridan haydab chiqarilgunga qadar ularning qoʻshiqlariga qoʻshiq aytishdan bosh tortgan.
1943-yilda Happel harbiy xizmatga chaqirilib, Sharqiy frontga jo‘natiladi. U hech qachon urush harakatida qatnashmagan boʻlsa-da, 1945-yilda amerikaliklar tomonidan hibsga olinadi. U Myunxendagi vagondan sakrab qochib qutuldi va Venaga qaytish uchun bir necha oy kerak boʻladi. U “Rapid Vena” klubida yana o‘ynay boshlaganini bahona qilib, sovetlar ishg‘ol etgan hududda yashay boshlaydi.
Vafoti thumb| Venadagi Ernst-Happel-Stadionidagi lavha Happel 1992-yilda 66 yoshida oʻpka saratonidan vafot etadi. Uning oʻlimidan soʻng, Avstriyadagi eng katta futbol stadioni, Venadagi Praterstadion, Ernst-Happel-Stadion deb oʻzgartirildi. Uning oʻlimidan toʻrt kun oʻtib, Avstriya Germaniyaga qarshi oʻynaydi va 0:0 hisobida durang natijasini qayd etadi. .
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida Rapid Wien
Avstriya Futbol Bundesligasi : 1945–46, 1947–48, 1950–51, 1951–52, 1953–54, 1956–57 Avstriya kubogi : 1945–46 Zentropa kubogi : 1951-yil
Avstriya
FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 1954
Murabbiy sifatida ADO Den Haag
Gollandiya kubogi : 1967–68
Feyenoord
Eredivizion : 1970–71 Yevropa kubogi : 1969–70 Qit'alararo kubok : 1970-yil
Club Brugge
Yevropa kubogi sohibi : 1977–78 UEFA kubogi sohibi : 1975–76 Belgiya chempionati : 1975–76, 1976–77, 1977–78 Belgiya kubogi : 1976–77
Standart Liej
Belgiya kubogi: 1980–81
Niderlandiya
FIFA Jahon kubogi gʻolibi : 1978
Gamburger SV
Yevropa kubogi: 1982–83 UEFA kubogi sohibi: 1981–82 Yevropa superkubogi sohibi : 1983-yil Bundesliga : 1981–82, 1982–83 DFB-Pokal : 1986–87
Swarovski Tirol
Avstriya chempionati : 1988–89, 1989–90 Avstriya kubogi : 1988–89
Individual
Yilning Yevropa murabbiyi - Sepp Gerberger mukofoti : 1978, 1983 Yevropaning eng yaxshi mavsum murabbiyi : 1982–83 France Football barcha davrlarning 9-eng buyuk murabbiyi: 2019 Jahon futboli barcha davrlarning 9-eng buyuk menejeri: 2013-yil ESPN barcha davrlarning 14-eng buyuk menejeri: 2013
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:SK Rapid Wien futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:1948-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:1954-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik futbol murabbiylar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar