Ixtiyor Ropiyev (1993-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik professional futzalchi. Oʻzbekiston futzal terma jamoasi tarkibida 2021 va 2024-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan.

Faoliyati Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati quyi divizionlarida uzoq vaqt toʻp surganidan soʻng, 2017-yilda „Maksam-Chirchiq“ bilan kelishib, futzalga oʻtdi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan oʻynagan navbatdagi chempionatda Ropiev toʻpurarlar reytingida uchinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda „AGMK“ jamoasiga oʻtdi va futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida debyut qildi. Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi safida 2018-yilgi Osiyo Kubogida, 2021-yilgi Jahon chempionatida va 2024-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:19-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Jizzax viloyatida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston futzalchilari