Dok-1 Maks — dori vositasi. Ishlab chiqaruvchisi Marion Biotech Pvt. Ltd.. Hindistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibi paratsetamol, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi. Farmakoterapevtik guruhi Analgetik antipiretik guruhga mansub boʻlib xalqaro farmokologik kodi ATX N02BE51.
Farmakologik xususiyati Farmakokinetikasi Paratsetamol — oshqozon-ichak traktida(MIT) soʻriladi, qabul qilinganidan 10-60 daqiqadan soʻng plazmada eng yuqori konsentratsiyaga koʻtariladi.
Gvayfenezin — oshqozon-ichak traktida tez soʻriladi (isteʼmol qilingandan 25-30 daqiqa oʻtgach). Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim yemirilish davri 1 soat. U peshob bilan nofaol metabolitlar shaklida chiqadi.
Fenilefrin gidroxlorid — ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin soʻtilish jarayoni sekin kechadi. Ichak devori va jigar orqali oʻtish paytida monoamin oksidaza (MAO) ishtirokida metabollanadi. Qabul qilingan dozaning bir qismi peshob bilan oʻzgarmagan holda chiqadi. Farmakodinamikasi Dori tarkibidagi paratsetamol oʻrganib qolishni chaqirmaydigan analgetik hisoblanadi. Bundan tashqari paratsetamol antipiretik va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi dori vositasi hamdir. Taʼsir mexanizmi prostaglandin sintezini ingibirlash va markaziy asab tizimidagi siklooksigenaza fermentini (COX-1, COX-2) bloklash bilan bilan bogʻliq boʻlib, termoregulyatsiya markaziga va gipotalamusdagi ogʻriq retseptorlariga taʼsir qiladi. gvayfenezin esa baʼlgʻam koʻchiruvchi vosita hisoblanadi. Balgʻamning sirt tarangligini va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi, bu balgʻamning nafas olish yoʻllaridan evakuatsiya qilinishni osonlashtiradi. Fenilefrin gidroxloridi vazokonstruktiv taʼsirga ega, yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari va nazal sinuslarning shishishi hamda giperemiyasini kamaytiradi.
Qoʻllashga koʻrsatmalar OʻRVI, Yo'tal Nazal soha yallig'lanishlarida
Qabul qilish usuli va dozalari Sirop: 12 yoshdan kattalar 10 mldan kuniga 3-4 marta 6-12 yoshdagilar 5 mldan kuniga 3-4 marta 2-6 yoshdagilar 2.5 mldan kuniga 3-4 marta
Nojoʻya taʼsirlari Koʻp hollarda kuzatiladi Bosh ogʻrigʻi Bosh aylanishi Terida toshmalar toshishi Koʻngil aynish Qayd qilish Epigastral sohada ogʻriq
Kamdan-kam kuzatiladi Oʻtkir pankreatit Midriaz Glaukoma Depressiya Trombotsitopeniya Leykopeniya Gipoglikemiya Dizuriya Kvinke shishi Doza koʻp qoʻllanilsa Diareya Oshqozondan qon ketish Psixomotor buzulishlar Gipoglikemik koma Nefrotoksik holatlar.
Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar Dori komponentlariga yuqori sezgirlik Bir vaqtning o;zida tarkibida boshqa paratsetamol saqlovchilar isteʼmol qilish Gipotireoz Arterial gipertenziya Yurak ishemik kasalligi Reyno sindromi Epilepsiya Jigar va buyrak yetishmovchiligi Bronxial astma Gepatit Pankreatit Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi Qandli diabet Xomiladorlik va laktatsiya davri. Dori tabletka va sirop shaklida ishlab chiqarilgan. Shifokor retseptisiz berilgan. 2022-yil 27-dekabr holatida dori vositasi Oʻzbekistondagi barcha dorixonalardagi sotuvdan qaytarib olingan.
Dok-1 Maks voqeasi
Manbalar
Turkum:Dorilar