Shom jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid. Shaharning sharqiy qismida bunyod etilgan yagona sunniylar masjidi.

Masjid oʻz davrida Kogon shahar Lokomotiv deposining rahbari boʻlgan Toshiyev Shomurod homiyligida qurilgan va oʻz faoliyatini 1995-yili Ramazon oyidan boshlagan. Masjid nomi uning homiysi ismiga atab „Shom“ deb nomlangan.

Masjid binosi pishiq gʻishtdan qurilgan. Uning kiraverishiga ayvon tiklangan. Masjid binosi ikki xonadan iborat.

Yana qarang Alisher Navoiy masjidi Zirabod masjidi

Manbalar

Turkum:Kogon masjidlari