thumb| O'sha paytlardagi ingliz targ'iboti Napoleonning past bo'yli bo’lganligi haqidagi g'oyani ilgari surgan. Norasmiy ravishda kichik odam sindromi sifatida tanilgan "Napoleon kompleksi" odatda kichik bo'yli odamlarga xos bo'lgan sindromdir. Bu, masalan, daromad hisobotlari haqida yolg'on gapirish kabi haddan tashqari tajovuzkor yoki hukmron ijtimoiy xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday xatti-harakat subyektning jismoniy yoki ijtimoiy kamchiliklarini qoplash ma'nosini beradi. Psixologiyada Napoleon kompleksi kamsituvchi ijtimoiy stereotip sifatida qabul qilinadi.

Etimologiya Napoleon kompleksi fransuzlarning birinchi imperatori Napoleon sharafiga shunday nomlangan. Odatiy folklor Napoleon o'zining bo'yi pastligi o'rnini hokimiyat, urush va zabt etish ishlari bilan qoplagan deb taxmin qiladi. Bu qarashni uning hayoti davomida va vafotidan keyin bosma adabiyot va san'atda o'z dushmanlarini kamaytirish uchun targ'ibot kampaniyasini olib borgan inglizlar qo'llab-quvvatlagan va rag'batlantirgan. 1803-yilda Napoleon ingliz gazetalarida jahldor kichkina odam sifatida masxara qilinadi. Ba'zi tarixchilarning fikriga ko'ra, uning balandligi aslifa atrofida ediDavid A. Bell, Napoleon: A Concise Biography (Oxford University Press, 2015), p. 18.. Boshqa tarixchilarning ta'kidlashicha esa, u balandlikka ega bo’lgan. Chunki fansuzlar metrik tizimni qabul qilganidan 28 yil o'tgach u Britaniya orolida o'lchangan. Napoleonni imperator gvardiyasi bilan tez-tez ko'rishgani uning past bo'yli ekanligi haqidagi tasavvurga qo’shimcha qilgan, chunki imperator gvardiyasi baland bo'yli odamlardan iborat edi. Taxmin qilingan holatning boshqa nomlari orasida Napoleon kompleksi, Napoleon sindromi va kichik odam sindromi mavjud

Tadqiqot 2007-yilda Markaziy Lankashir universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot Napoleon kompleksi (bo'yi pastroq erkaklar o'zidan balandroq bo'lganlarga hukmronlik qilish uchun ko'proq tajovuzkorlik namoyon qilishi nazariyasi nuqtai nazaridan tasvirlangan) afsona degan xulosaga keldi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, past bo'yli erkaklar o'rtacha bo'yli erkaklarga qaraganda kamroq jahldor bo'lishadi. Tajribada subyektlar bir-biri bilan tayoq orqali duel qilishdi, bir subyekt ikkinchisining bo'g'imlariga ataylab tepdi. Yurak monitorlari shuni ko'rsatdiki, baland bo'yli erkaklar ko'proq o'zlarini yo'qotib qo’ygan holda reaksiya qilishdi. Markaziy Lankashir universiteti o'qituvchisi Mayk Eslea "odamlar past bo'yli erkakning tajovuzkorligini ko'rganlarida, bu uning kattaligi bilan bog'liq deb o'ylashadi, chunki bu xususiyat aniq va ularning e'tiborini tortadi" deya ta’kidlaydi.

Wessex Growth Study — bu Buyuk Britaniyada o'tkazilgan jamoaga asoslangan uzunlamasiga tadqiqot bo'lib, u bolalarning maktabga kirishidan to voyaga etgunga qadar psixologik rivojlanishini kuzatib boradi. Tadqiqot gender va ijtimoiy-iqtisodiy holatning potentsial ta'siri uchun nazorat qilindi va "bo'yi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsiyat faoliyati yoki kundalik hayot jihatlarida sezilarli farqlar topilmadi"; bu funksiya Napoleon kompleksi bilan bog'liq bo'lgan umumlashmalarni, masalan, xavf-xatarni qabul qilish xatti-harakatlarini o'z ichiga oladi.

Niderlandiyaning Groningen universiteti professori Abraham Buunk kichik odam sindromi haqida dalillarga ega ekanligi haqida xulosaga keldi. Universitet tadqiqotchilari bo’yga ega erkaklar bo’yli erkaklarga qaraganda rashk alomatlarini 50% ko'proq ko'rsatishganligini aniqladi.

Ommaviy madaniyatda Qo'shiqchi-qo'shiq muallifi Mariah Carey o'zining 2009-yilgi "Obsessed" qo'shig'ida Napoleon kompleksiga ishora qilib, kimnidir "napoleon kompleksi bilan o'ta qizshibib ketgan"likda ayblagan. Qo'shi, ko'pchilikning fikricha, avvalgi qo'shiqlarida Carey haqida kamsituvchi so'zlarni aytgan reper Eminemga javobdir. Eminemning bo’yi atrofida.

Doki Doki Literature Club! vizual romanida Natsuki ismli qahramon o'zining kichik bo'yi sababli murakkab, tajovuzkor xarakterga ega. Natsukining uzunligi .

"Marcello's Fun House" video o'yinida Bambi ismli qahramon ham xuddi shu kompleksga ega bo'lib, o’ta qizg'in xarakterga ega. Bambining bo’yi ikkita hotdog (0.36 m) uzunligiga teng.

Yana qarang

Inson bo’yi Balandlik To’liqsizlik kompleksi

Manbalar

Turkum:Psixoanaliz Turkum:Psixologiya