Bahromjon Joʻraboyevich Aʼloyev – oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Fransiya, Portugaliya, Qatar, Quvayt va Iroq davlatlaridagi sobiq elchisi.

Biografiyasi 1963-yil 20-aprelda Namangan viloyatida tugʻilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Fransuz va ingliz tillarini biladi.

 Maʼlumoti 1980—1985 – Toshkent davlat chet tillar instituti talabasi.

1985—1989 – Moskva davlat chet tillar instituti magistranti.

1994—1995 – Yevropa Ittifoqi dasturi doirasida Fransiyaning Eks-An-Provans shahridagi korxonalarni boshqarish instituti va Ruan shahridagi Oliy savdo maktabida maxsus kurslar tinglovchisi.

1997—1998 – Parij xalqaro diplomatiya akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati 1989—1990 – Toshkent davlat chet tillar institutida fransuz tili oʻqituvchisi.

1990—1993 – Harbiy xizmat.

1993—1995 – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida katta oʻqituvchi.

1995—1996 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida uchinchi kotib.

1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida uchinchi kotib.

1999—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida birinchi kotib.

2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida birinchi kotib, maslahatchi.

2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2008—2012 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisiAЪLOYeV Baxromjon Juraboevich.

2009—2012 – Oʻzbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2012—2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2014—2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi elchixonasi maslahatchisi.

2016—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Qatar davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2019—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2022-yil 14-noyabrdan 2023-yil 29-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariTashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.

2023-yil 29-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Oilasi Oilali. Ikki nafar farzandi borVazir oʻrinbosarlari.

Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Iroqdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Qatardagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Quvaytdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Portugaliyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari