Abdulloh ibn Abu Talha ( – Abu Yahyo Abdulloh ibn Abu Talha ibn Sahl al-Ansoriy al-Xazrajiy) – tobeʼin.
Hayoti Ona qornidaligidayoq Muhammad paygʻambarning duosiga sazovor boʻlgan. Otasi Abu Talhaning ismi Zayd. Onasi madinalik ayollar orasida dindorligi, aqlliligi va jasurligi bilan mashhur boʻlgan Ummu Sulaym bint Milhondir. Ummu Sulaym Hunayn gʻazotida paygʻambarning yaqinida turib himoya qilgan. Madinaga qaytgandan keyin esa, Abdullohni dunyoga keltirgan. Yangi tugʻilgan chaqaloqni birinchi eri Molikdan koʻrgan oʻgʻli Anas orqali Muhammad huzuriga yuborgan. Undan chaqaloqqa birinchi luqmani berishi (tahnik) va unga ism qoʻyishini iltimos qilgan. Paygʻambar oʻzi chaynagan luqmani chaqaloq tanglayiga surtib, yuzini silagan va unga Abdulloh, deb ism qoʻygan.
Abdulloh ibn Abu Talha oʻn nafar oʻgʻil farzand koʻrgan, ularning hammasi Qur’onni toʻliq yod olgan. Abdulloh ibn Abu Talha otasi va oʻgay akasi Anas ibn Molikdan hadis rivoyat qilgan. Undan oʻgʻillari Ishoq va Abdulloh, nabirasi Yahyo ibn Ishoqlar hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Abu Talhaning oʻgʻillari ichida eng ilmlisi va mashhuri Ishoq boʻlgan. U molikiy mazhabi asoschisi Imom Molikning shayxi boʻlgan.
Vafoti Abdulloh ibn Abu Talha Siffiyn jangida Ali tomonidan joy olgan. Manbalarda Eron fathlari asnosida shahid boʻlgani yoki Madinada vafot etgani haqida ikki xil rivoyat bor.
Adabiyotlar
Al-Voqidiy. Al-Magʻāzӣ. – Bayrut: „Olam al-kutub“. III, 902; Ibn Hishom. As-Sӣra. – Qohira: 1955. IV, 88-89; Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. V, 74-76; Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. – Haydarobod: 1941-60. V, 94; At-Tabariy. Tarӣx. – Bayrut: „Dor Suvaydon“. III, 76.
Manbalar
Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:703-yilda vafot etganlar Turkum:Tobeinlar Turkum:Madinada vafot etganlar