Beshqoʻrgʻon koʻchasi — Chilonzor tumanida, Bunyodkor shoxkoʻchasi bilan Chorbogʻ koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida. Koʻchaning tarixiy nomini tiklash maqsadida 2008-yil 6-mayda M. Tursunxoʻjaev nomi oʻrniga qoʻyilgan. Beshqoʻrgʻon koʻchasining 7 ta tor koʻchasi va 9 ta berk koʻchasi bor. Koʻcha yoʻnalishida yakka tartibdagi uy-joylar, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari joylashgan. Koʻcha yakinidan Katta halqa yoʻli oʻtgan.

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Koʻchalar Turkum:Toshkent koʻchalari