Aliquli ibn Muhammad al-Xalxoliy, al-Isfahoniy — tilshunos, mufassir, adib, shoir, hakim, kotib, nahv va sarf ilmlari bilan shug‘ullangan olim. O‘n ikkinchi hijriy asrning boshlarida Isfahonda vafot etgan. Asarlari „Hoshiya ala tafsiri-l-Bayzoviy“, (Bayzoviyning tafsiriga hoshiya-izoh) „Sharhu-sh-shofiya“ (Ibn al-Hojibning „ash-Shofiya“ asariga sharh) „Tibyonu-l-hikmatayni fi-l-farq bayna hikmati-l-qudamo“ („Qadim olimlarning hikmatlari o‘rtasidagi farqqa oid ikki hikmatning bayoni“) „Ihyou-l-hikmat“ („Hikmatni qayta tiklash“) „Mazomiru-l-oshiqiyn fi haqiqati-n-nafsi va-t-targ‘ib ila olami-l-aqliy va-t-tazhid ani-lolami-l-hissiy“ („Hissiy olamdan uzoqlashish va aqliy olamni targ‘ib etish va nafs bilan bog‘liq haqiqat haqidagi oshiqlarning qo‘shiqlari“).

Manbalar