Ali ibn Muhammad Javod ibn Ali al-Marandiy — faqih bo‘lgan. Milodiy 1870-yilda (hijriy 1287-yilda) Marandda tug‘ilgan. Dastlabki ilmini Eronda olgan. Najafda yashagan. Milodiy 1951-yilda (hijriy 1370-yil jumaduloxir oyining 14-sanasi juma kuni kechasi) vafot etgan va Salom vodiysida dafn etilgan.
Asarlari 11 jildli „Sharhu-t-tabsira“ („Tabsira“ kitobiga sharh), „al-Favoid al-mutafarriqa“ („Turfa foydalar“), „Hoshiyatu-r-rasoil“ („ar-Rasoil“ga hoshiya), „Hoshiyatu-l-makosib“ („Kasblar kitobiga hoshiya“), „Hoshiyatu-t-tahora“ („Poklik kitobiga hoshiya“), „Hoshiyatu-r-riyoz“ („Riyozat“ga hoshiya), „Taqriru mabohisi-l-alfoz“ („So‘zlar borasidagi izlanishlar to‘plami“, „Hoshiyatu-l-bayʼ“ („Oldi-sotdi“ kitobiga hoshiya).
Manbalar