Abu Ahmad al-Kissiy ( — Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy al-Kissiy) — muhaddis, faqih va adib.

Abu Ahmad al-Kissiy ulug‘ muhaddis, faqih, arab tili olimi va adib bo‘lgan. O‘z davrining eng mashhur muhaddislaridan sanalgan Yazid ibn Horun, Abu Ubayd ibn Muammar ibn al-Musanniy, Hishom ibn al-Kalbiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad al-Kissiyning „Kitāb at-tas­rӣf“ („Feʼllarning tuslanishi“) nomli arab tili grammatikasiga oid asari bo‘lgan.

Iqtibos Sahl ibn Shozuya u haqida shunday so‘zlarni aytgan: Undan buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy, Abdulhamid al-Keshiy va boshqalar hadis rivoyat qilib, uning shogirdlaridan sanalgan. Abu Ahmad al-Kissiyning ismiga „Adib“ va „an-'Nahviy“ning qo‘shib aytilishi, adib va arab tili bilimdoni bo‘lganiga ishorat qilgan.

Adabiyotlar

Sh. Umarov. O‘rta asrlarda yashagan keshlik allomalar. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 64; O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalq­aro markazi“, 2016. 191.

Manbalar