Abu Bakr al-Juzjoniy ( — Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy al-Bag‘dodiy) — hanafiy faqihi va mutakallim.

Hayoti haqida ko‘p maʼlumot bo‘lmasa-da, nisbasiga ko‘ra Juzjonda tug‘ilganini taxmin qilish mumkin. Abu Hanifaning yetuk shogirdi Imom Muhammad ibn Hasandan taʼlim olgan Abu Sulaymon al-Juzjoniydan Bag‘dodda tahsil olgani sababli, al-Bag‘dodiy nisbasi bilan ham atalgani haqida maʼlumotlar bor.

Somoniylar hukmdori Nasr ibn Ahmad davrida (864-892-yillar) Turkistonda bo‘lib o‘tgan jangda vafot etgan. Abu Nasr al-­Iyoziy va Abu Mansur al-Moturidiylar Abu Bakr al-Juzjoniyning eng mashhur shogirdlaridan hisoblanadi. Islomiy ilmlarda yuksak mavqega erishgani eʼti­rof etilgan Abu Bakr al-Juzjoniyning fiqh va kalom ilmlarida vuquf sohibi bo‘lgani naql qilinadi.

Asarlari Manbalarda Abu Bakr al-Juzjoniyning ko‘plab asarlar yozgani aytilsa-da, ulardan uchtasining nomi zikr qilingan, xolos:

„Al-Farq va-t-tamyӣz“; „Kitāb at-tavhӣd“; „Kitāb at-tavba“.

Adabiyotlar

An-Nasafiy. Tabsira al-adilla. — Damashq: 1990. I, 356-357; At-Tamimiy. At-Tabaqāt as-saniyya. I, 277-278; Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. I, 144; Al-Lakhnaviy. Al-Favāid al-bahiyya. 14, 23; Metin Yurdagür. „Cûzcânî, Ebû Bekir“. TDV İA. — İstanbul: 1993. VIII, 97.

Manbalar