Sulaymoniya madrasasi (Madrasai Sulaymoniya) — Qoʻqonning Yuqori Haydarbek mahallasida joylashgan madrasa. Barpo etish ishlari Qoʻqon xoni Sulaymon Shodibiy tomonidan boshlanib, Norboʻtabiy tomonidan 1763-yilda yakunlangan. Xon madrasasi turkumiga kirgan. Domla Pirmuhammad aʼlam Qulmuhammad oʻgʻli bosh mudarrislikka tayinlangan. Hujralar 12 ta, talabalar hamda mudarrislar mos ravishda 30 va 3 nafar boʻlgan. 1918-yilda „Qoʻqon voqeasi“ oqibatida buzilib ketgan.

Manbalar