Ahmad ibn Muhammad ibn Umar al-Itobiy al-Hanafiy (Zaynuddin) — faqih, mufassir bo‘lib, Buxoroda milodiy 1190-yil (hijriy 586-yil)da vafot etgan.

Asarlari „al-Fatovo al-itobiya“ („Itobiyning fatvolari“) nomi bilan mashhur bo‘lgan „Kitobu javomiʼi-l-fiqh“ („Fiqh majmualari bo‘yicha kitob“) — bu kitob to‘rt jilddan iborat; „Tafsiru-l-Qurʼon“ („Qurʼon tafsiri“); „Sharhu-l-jomiʼi-lkabiyr“ („Katta to‘plam“ga sharh"); „Sharhu-l-jomiʼi-s-sag‘ir“ („Kichikto‘plamga sharh“); „Sharhu-z-Ziyodot“ („az-Ziyodat“ga sharh").

Ularning hammasi Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning hanafiy fiqhining furuʼlari haqidagi asarlariga bag‘ishlangan.

Manbalar