Bodhisattva – buddalik (butunlay uygʻonish) darajasiga erishgan yoki unga intilayotgan shaxsSkilling, Peter (2021). Questioning the Buddha: A Selection of Twenty-Five Sutras, Introduction, Simon and Schuster.Silk, Jonathan A. (2025). Bodhisattva: Buddhist Ideal. Britannica.. Koʻpincha bu atama boshqalarga ham Buddalikka erishishda rahnamolik qilish maqsadida Nirvana yoki boshqa rohat va halovat beruvchi barcha narsalardan voz kechgan yoki ularni kechiktirayotgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

Dastlabki buddaviylik maktablarida hamda zamonaviy Theravāda buddaviyligida bodhisattva (yoki bodhisatta) atamasi Buddaga aylanish niyatini bildirgan va tirik Budda tomonidan bu niyatining roʻyobga chiqishi tasdiqlangan shaxslarga nisbatan ishlatiladi.

Mahāyāna buddaviyligida esa bodhisattva atamasi bodhichittani (barcha jonli mavjudotlar foydasi uchun Buddalikka erishishga qaratilgan samimiy istak) uygʻotadigan har qanday shaxsni anglatadi. Mahayana bodhisattvalari ruhiy uygʻonishga erishish uchun kurashadigan va ulkan rahm-shafqat (mahākaruṇā) bilan harakat qiladigan ruhiy qahramonlardir. Ular „toʻrtta ilohiy makon“ (brahmavihāra) – mehr-muhabbat (maitrī), rahm-shafqat (karuṇā), hamdardlik quvonchi (muditā) va tengqurlik (upekṣā), shuningdek turli xil bodhisattva „mukammalliklari“ (pāramitālar), jumladan prajñāpāramitā („cheksiz aql-zakovat“ yoki „mukammal idrok“) va mahorat (upāya) kabi muhim ruhiy fazilatlar bilan tavsiflanadiPye, Michael (1978). Skillful Means – A concept in Mahayana Buddhism. London: Gerald Duckworth & Co. Ltd. ..

Theravāda buddaviyligida bodhisattva asosan gʻayrioddiy va nodir shaxs sifatida qaraladi. Faqat bir nechta tanlangan shaxslar, masalan Maitreya, oxir-oqibat bodhisattvaga aylanishi mumkin. Mahāyāna buddaviyligi esa bodhisattva yoʻlini har bir inson uchun ochiq deb biladi va barchani bodhisattva boʻlishga undaydiSkorupski, Tadeusz. The Historical Spectrum of the Bodhisattva Ideal. The Middle Way. Journal of the Buddhist Society. August 2000. Vol. 75, No.2, 95–106.. Avalokiteshvara, Maitreya va Manjushri kabi ruhiy jihatdan rivojlangan bodhisattvalar Mahāyāna buddaviylik dunyosida keng ehtiromga sazovor boʻlib, ular barcha jonli mavjudotlarga yordam berish uchun ulugʻ sehrli kuchga ega, deb hisoblanadi.

Etimologiyasi Bodhisattva soʻzi ikkita sanskritcha soʻzning birikmasidan tashkil topgan: Bodhi (बोधि) – „uygʻonish“ yoki „maʼrifat“ degan maʼnoni anglatadi va Sattva (सत्त्व) – „borliq“ yoki „shaxs“ degan maʼnoni bildiradi. Bu atama bodhi (yaʼni „uygʻonish“) yoki Buddalik sari intilayotgan yoki Budda darajasiga erishgan shaxsni anglatadiSkilling, Peter (2021). Questioning the Buddha: A Selection of Twenty-Five Sutras, Kirish qismi, Simon and Schuster.Silk, Jonathan A. (2025). Bodxisattva: Buddistik ideal. Britannica..

Dastalabki buddizm taʼlimoti

Mazhablarga boʻlinishga qadar, buddaviylikda bodhisatta atamasi faqatgina Sidharta Gautamaning marifiy yetuklikka erishish uchun kurashayotgan soʻnggi hayotidagi yoshlik yillari uchungina qoʻllanilgan. Dastlabki buddaviylik matnlarida Budda tez-tez „men hali uygʻonmagan Bodhisatta boʻlganimda“ iborasidan oʻzining ruhiy uygʻonishidan oldingi tajribalarini tasvirlash uchun foydalangan. Uygʻonishdan oldingi davrni muhokama qiluvchi dastlabki matnlar asosan uning ruhiy rivojlanishiga eʼtibor qaratadi. Bhikkhu Analayo fikriga koʻra, bu matnlarning koʻpchiligi uchta asosiy mavzuga qaratilgan: „bodhisattvaning zararli boʻlgan ruhiy holatlarni yengib oʻtishi, qalb xotirjamligini rivojlantirishi va idrokining oʻsishi.“

Boshqa ilk manbalar, masalan Acchariyabbhutadhamma-sutta (MN 123 va uning Madhyama-āgama 32dagi xitoycha paralleli) bodhisattva Gautamaning Tushita jannatidagi oʻtgan avvalgi hayotida sodir boʻlgan ajoyib fazilatlarini muhokama qiladi. Pali matni bodhisattvaning Tuṣhitada yashagan paytda xushmuomalalik va aniq tushunchalarga qanday qilib ega boʻlganligiga eʼtibor qaratadi, xitoycha manba esa uning umr davomiyligi, tashqi koʻrinishi va shon-shuhrati barcha devalar (xudolar)dan ustun ekanligini taʼkidlaydi. Bu manbalar, shuningdek, bodhisattvaning homilador boʻlishi va tugʻilishi bilan bogʻliq turli moʻjizalarni muhokama qiladi. Ularning orasida eng mashhuri, Buddaning yetti qadam tashlab, bu uning soʻnggi hayoti ekanligini eʼlon qilgani haqidagisidir. Xitoycha manbada, Budda Kāśyapa hukmronligi davrida rohib sifatida yashagan paytda u „muqaddas hayotida yashar ekan, [Buddalikka erishish] uchun ilk qasamyodini qilganligini“ taʼkidlaydi.

Bodhisattvalarning fazilatlarini muhokama qiluvchi yana bir dastlabki manba Mahāpadāna suttadir. Bu matn Budda Vipassī kabi qadim zamonlarda yashagan oltita oldingi Buddalar kontekstida bodhisattva fazilatlarini muhokama qiladi. Bodhisattva taʼlimotining yana bir muhim elementi, biror kishining kelajakdagi Buddaligini bashorat qilish, boshqa xitoycha dastlabki buddaviylik matni (Oʻtmish haqida tushuntirish boʻyicha nutq; MĀ 66)da uchraydi. Bu nutqda Maitreya ismli rohib kelajakda Budda boʻlishni orzu qiladi va Budda Maitreyani kelajakda Budda boʻlishini bashorat qiladi. Ekottarika-āgamada topilgan boshqa nutqlar „bodhisattva Maitreya“ni namunaviy shaxs sifatida tavsiflaydi (EĀ 20.6 va EĀ 42.6) va bu toʻplamdagi bir sutra shuningdek, Budda qanday qilib Maitreyaga oltita mukammallik (pāramitā)ning bodhisattva yoʻlida oʻrganganligini koʻrsatib beradi (EĀ 27.5).

Shuningdek, bodhisatva atamasi „maʼrifatga intilayotgan“ mavjudotni anglatishi mumkin, boshqacha qilib aytganda, toʻliq maʼrifatga erishishni maqsad qilgan shaxs. Shuningdek, Pāli kanonida Bodhisatta (bodhisattva) hali ham tugʻilish, kasallik, oʻlim, qaygʻu, ifloslanish va adashishga duchor boʻlgan shaxs sifatida tasvirlangan. Theravāda rohibi Bhikkhu Bodhi fikriga koʻra, barcha buddaviylik anʼanalari Buddalikka erishish uchun „oʻz ixtiyori bilan qaror qabul qilish“ va bodhisattva sifatida ruhiy mukammalliklarga (pāramīlar yoki pāramitālar) erishish kerakligi haqida kelishadilar, ammo haqiqiy bodhisattva yoʻli Pali Nikayalaridagi (va ularning xitoycha Āgamalar) eng qadimgi qatlamlarda oʻrgatilmagan, buning oʻrniga ular arahant idealiga eʼtibor qaratadi.

Sidharta Gautama qanday qilib bodhisattvaga aylanganligi haqidagi eng qadimgi hikoya uning oldingi Budda Dīpankara bilan uchrashuvi haqidagi hikoyadir. Bu uchrashuv paytida Gautamaning oldingi inkarnatsiyasi, turli xil nomlar bilan atalgan Sumedha, Megha yoki Sumati beshta koʻk nilufar taklif qiladi va Dīpankara uning ustidan yurishi uchun sochlarini yoyadi, keyin esa bir kun Budda boʻlish niyatini bildiradi. Dīpankara keyin ularning Buddalikka erishishlarini tasdiqlaydiDrewes, David, Mahāyāna Sūtras and Opening of the Bodhisattva Path , Paper presented at the XVIII the IABS Congress, Toronto 2017, Updated 2019.. Dastlabki buddaviylik mualliflari bu hikoyani tirik Budda oldida qasamyod qilish (abhinīhāra) va uning kelajakdagi Buddaligini bashorat qilishi/yoki tasdiqlashi (vyākaraṇa) bodhisattvaga aylanish uchun zarur ekanligini koʻrsatadi deb bilishgan. Drewesning fikriga koʻra, „Buddalik sari yoʻlning mavjud barcha modeli shu muhim tushunchaning tabiiy rivoji sifatida vujudga kelgan.“

Bodhisattva gʻoyasiga oid hikoyalar va taʼlimotlar turli Jataka hikoyalari manbalarida uchraydi. Bu hikoyalar asosan Sakyamunining avvalgi hayotlari haqidagi voqealarga asoslangan. Mahayana boʻlmagan Nikaya maktablari orasida bodhisattva taʼlimotlarini oʻz ichiga olgan asosiy janr aynan Jataka adabiyoti boʻlgan boʻlishi mumkin. Miloddan avvalgi taxminan 125–100-yillarda barpo etilgan Bharhut stupasi panjaralarida taxminan oʻttizta Jataka hikoyasi tasvirlanganini hisobga olinsa, bu hikoyalar xalq orasida mashhur buddizmning muhim qismiga aylanganini koʻrish mumkin. Shunday qilib, bodhisattva gʻoyasi Jataka hikoyalari orqali ommalashgan boʻlishi mumkin. Jataka hikoyalari orasida Sakyamuni avvalgi hayotlarida bodhisattva boʻlgan vaqtlari haqidagi koʻplab voqealar mavjud. Ushbu voqealar odatda bodhisattvaga xos sifatlar va amaliyotlarni (masalan, rahm-shafqat, oltita komillik turi, gʻayritabiiy kuchlar) dramatik tarzda ifodalaydi hamda koʻplab fidokorlik harakatlarini oʻz ichiga oladi.

Sakyamuniga oid Jataka hikoyalaridan tashqari, hozirda Tushita osmonda yashayotgan Metteya (Maitreya) kelajakda Buddaga aylanishi va bu haqda Sakyamuni tomonidan bashorat qilingani haqidagi gʻoya ham bodhisattva mafkurasiga oid dastlabki taʼlimotlardan biridir. Bu fikr ilk bor Cakkavattisihanadasuttada uchraydi. A. L. Bashamning fikriga koʻra, ayrim Ashoka farmonlari ham bodhisattva gʻoyasini o'zida namoyish etishi mumkin. Bashamning fikricha, Ashoka oʻzini bodhisattva deb hisoblagan boʻlishi ehtimoldan xoli emas, chunki bir farmonda u „sambodhi sari yoʻl olganini“ bayon qiladi.

Nikāya maktablari

Buddist anʼanalari turli raqib mazhablarga boʻlinib ketgan davrda, bodhisattva yoʻli (sanskritcha: bodhisattvayana) tushunchasi arhat va yolgʻiz budda yoʻlidan farqli (va ustun) yoʻl sifatida barcha asosiy Nikāya maktablari orasida, jumladan Theravāda, Sarvāstivāda va Mahāsāṃghikada keng tarqalgan edi. Bu taʼlimot, masalan, milodiy 2-asr manbalarida, Avadānaśataka va Divyāvadānada uchraydi. Bodhisattvayana „kamolot yoʻli“ (pāramitāyāna), „bodhisattva dharmasi“, „bodhisattva tayyorgarligi“ va „mukammal Buddalik yoʻli“ kabi nomlar bilan ham atalgan.

Turli manbalarga koʻra, baʼzi Nikāya maktablari (masalan, Dharmaguptaka va baʼzi Mahāsāṃghika mazhablari) Tripitaka bilan birga „Bodhisattva Piṭaka“ yoki „Keng qamrovli (Vaypulya) Piṭaka“ deb atagan bodhisattvalarga oid matnlar toʻplamini oʻz avlodlariga yetkazib borishganWalser, Joseph (2005), Nāgārjuna in Context: Mahāyāna Buddhism and Early Indian Culture, p. 53, Columbia Univ Pr, Baruah, Bibhuti (2008). Buddhist Sects and Sectarianism. p. 52. Ulardan hech biri toʻlaligicha saqlanib qolmagan. Dar Hayal bodhisattva idealining tarixiy rivojlanishini „bhakti (sadoqat, ishonch, muhabbat)ning oʻsishi va Buddaning komilikka erishishi va oʻlganlar bilan aloqa qilishi“ga bogʻlaydi.

Shimoliy Hindistondagi Sarvāstivāda maktabi fikricha, Sidharta Gautamaga Buddalikka erishish uchun uchta „hisoblanmas davr“ (asaṃkhyeya) va toʻqson bir davr (kalpa) kerak boʻlgan. Birinchi hisoblanmas davrda u 75,000 Buddaga duch kelgan va xizmat qilgan, ikkinchisida 76,000 Buddaga, shundan soʻng Dīpankaradan kelajakda Buddalikka erishishi haqidagi birinchi bashoratini (vyākaraṇa) olgan, yaʼni endi u Buddalik yoʻlidan qayta olmasligini aniq boʻlgan. Sarvāstivāda uchun birinchi ikkita hisoblanmas davr bodhisattva hali ham yoʻldan qaytishi va orqaga chekinishi mumkin boʻlgan vaqt davridir. Ikkinchi hisoblanmas davr oxirida ular Buddaga duch kelishadi va bashorat olishadi, shu paytdan boshlab ular Buddalikka erishishlari aniq boʻladi.

Demak, Sarvāstivāda maktabi uchun ham tirik Buddaning mavjudligi zarur hisoblanadi. Mahāvibhāṣā asarida bodhisattva yoʻli haqidagi munozara qisman „aslida bodhisattva boʻlmagan kishilarning oʻzlarini bodhisattva deb oʻylab, kibrga berilishining oldini olish“ maqsadida olib borilganligi tushuntiriladi. Biroq, Sarvāstivāda taʼlimotiga koʻra, texnik jihatdan inson uchinchi beqiyos kalpa (cheksiz davr) yakunigacha bodhisattva hisoblanmaydi; shundan keyingina u buyuk shaxsning alomatlari (yaʼni, Buddaning jismoniy belgilari)ni namoyon etishga olib keluvchi amallarni bajara boshlaydi.

Theravāda

Bodhisattva ideali janubiy buddist manbalarida ham uchraydi, masalan, Theravāda maktabiga mansub Buddhavaṃsa (miloddan avvalgi 1–2-asrlar)da Gautama qanday qilib niyat qilgani (abhinīhāra) va avvalgi Budda Dīpaṃkara tomonidan kelajakda Buddalikka erishish bashorati (vyākaraṇa) olinganidan soʻng Buddalikka erishishiga qatʼiy ishonch (dhuva) hosil qilgani bayon etiladi. Gautama Buddalikka erishish uchun toʻrtta beqiyos davr va yuz mingta qisqaroq kalpa (davr) ni boshidan oʻtkazadiDrewes, David. The Problem of Becoming a Bodhisattva and the Emergence of Mahayana. History of Religions, volume 61, number 2, November 2021. The University of Chicago. .