Qatoda ibn Noʻmon (arab. قتادة بن النعمان) (taxminan 581–644) – Muhammad alayhissalomning ansor sahobalaridan biri boʻlgan. Qatodadan koʻplab hadislar rivoyat qilingan.

Biografiyasi U Avs qabilasining Zafar urugʻidan Noʻmon ibn Zayd va Xazraj qabilasining Najjor urugʻidan Unaysa bint Qaysning oʻgʻli edi. Ayollari: Hind binti Avs – Qavoqil qabilasi ittifoqchilaridan boʻlgan; Gʻasson qabilasidan boʻlgan Xanso bint Xunayd; Zafar qabilasidan Oisha binti Juray. Hinddan farzandlari Abdulloh va Ummu Amr tugʻilgan. Xanso va Oishadan uning qolgan ikki farzandi Amr va Hafsalar dunyoga kelgani aytiladiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Aisha Bewley (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..

Voqidiyning yozishicha, Qatoda ikkinchi Aqaba bay’atida hozir boʻlgan; lekin uning ismi Ibn Is’hoq roʻyxatida uchramaydi.

Qatoda Muhammad alayhissalomning kamonchilaridan boʻlgan. BadrMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press., Uhud, Handaq va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barcha janglarida qatnashgan. Uhud kuni Qatoda ibn Noʻmon koʻzlaridan oʻq bilan yaralanganida, koʻz soqqasi chiqib, osilib qolgan. Hamrohlari uni kesib tashlamoqchi boʻlishgan, lekin avvalo Muhammad alayhissalom bilan maslahatlashishga qaror qilishgan. U zot: „Bunday qilmanglar!“ deganlar. Keyin Qatodani olib kelishni buyurib, qoʻllari bilan koʻz soqqasini joyiga qaytarganlar, soʻng: „Ey Allohim, unga goʻzallik ber!“ deb duo qilganlar. Bu Qatodaning eng yaxshi koʻziga aylangan va ikkinchi koʻzi kasal boʻlganda ham, bu koʻzi ziyon koʻrmagan. Makka fathida Qatoda Zafar urugʻining bayrogʻini koʻtargan

Qatoda hijriy 23 (milodiy 643–644) – yili 65 yoshida vafot etgan va uning janozasini xalifa Umar oʻqigan.

Avlodlari Uning nabiralaridan biri Osim ibn Umar ibn Qatoda (vaf. hijriy 120 yoki 129/milodiy 738 yoki 747)Various Issues About Hadiths taniqli hadis roviylaridan boʻlib, u tarixchi Ibn Is’hoq uchun asosiy manba vazifasini oʻtaganGuillaume, A. (1955). „Introduction.“ In Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press.. Qatodaning Osimdan keyin boshqa erkak avlodi boʻlmagan.

Manbalar

Turkum: Shaxsiyatlar Turkum: Islom tarixi