„Complicated“ kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Avril Lavigne ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Let Go (2002) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2002-yilning 11-martida albomning asosiy singli oʻlaroq Arista Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Lavigne va The Matrix jamoasi (Lauren Christy, Scott Spock va Graham Edwards) yozgan. Musiqiy jihatdan „Complicated“ pop-rok janridagi qoʻshiqdir.
„Complicated“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Ashula Billboard Hot 100 xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShning oʻzida 1,1 million nusxada sotilgan. Bundan tashqari, tarona Billboard Adult Top 40 xit-paradida ketma-ket oʻn olti hafta davomida birinchi poʻgonanani egallab turgan. Xalqaro miqyosda „Complicated“ Avstraliya, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Norvegiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Yigirmadan ortiq davlat xit-paradlarida esa eng yuqori beshtalik safidan oʻrin olgan. Shuningdek, ashula „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi ayol pop ijrosi“ nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan.
Klipi „Complicated“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga rejissyorlik qilgan. Klip Lavigne guruhdoshlaridan savdo markaziga borishni xohlaysizlarmi, deb soʻrashidan boshlanadi. Ular uning savoliga shijoat bilan „ha“, deb javob berishadi hamda skeytbord bilan savdo markazi tomon yoʻl olishadi. Videoklipda Lavigne va uning guruhdoshlari savdo markazi xodimlari bilan urush-janjal qilgan sahnalar ham aks etgan. Bundan tashqari, klipda Lavigne gitara chalib, skeyt-parkda qoʻshiq ijro etayotgani ham koʻrsatilgan.
Qoʻshiq klipi Los-Anjeles shahridagi Eagle Rock Plazasida suratga olingan. Suratga olish ishlari ikki kun (2002-yil 4-5-mart) davom etgan. Suratga olish davomida savdo markazi ochiq turgan. Klip 2002-yilning aprelida chiqarilgan.
2022-yilning may oyi holatiga koʻra, qoʻshiq klipi YouTubeda 500 million martadan ortiq tomosha qilingan.
Klip Billboard jurnali tuzgan „21-asrning 100 eng buyuk videokliplari“ („100 Greatest Music Videos of the 21st Century“) roʻyxatida 41-oʻrinni egallagan.
Jamoa Avril Lavigne — qoʻshiqnavis, asosiy vokal The Matrix — qoʻshiqnavis, prodyuser, aranjirovka, bek-vokal Tom Lord-Alge — miksing Corky James — gitara Victor Indrizzo — dovullar
Relizi Hudud Sana Format(lar) Leybl 2002-yil 11-mart Arista 2002-yil 7-may Contemporary hit radio 2002-yil 26-avgust CD 2002-yil 23-sentyabr 2002-yil 15-iyul CD 2003-yil 17-fevral
Manbalar
Turkum:2002-yil qoʻshiqlari Turkum:Avril Lavigne qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar