Isʼhoq ibn Bishr ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Solim al-Buxoriy (Abu Huzayfa) — muarrix boʻlgan. Balxda tugʻilgan. Buxoroni vatan tutinib, shu yerda istiqomat qilgan. Ilmu maʼrifatda peshvo, oʻta isteʼdodli faqih boʻlgan. Buxoroga mansub boʻlgan va milodiy 822-yil (hijriy 206-yil) shu yerda vafot etgan. Asarlari „Kitobu-l-futuh“ („Fathlar kitobi“) „Kitobu-r-ridda“ („Murtadlik haqidagi kitob“) „Kitobu-l-jumal“ („Jumlalar kitobi“) „Kitobu siffiyn“ („Siffin kitobi“) „Kitobu-l mubtadiʼ“ („Boshlovchi uchun qoʻllanma-kitob“) „Manzuma arabiya fi-t-tasrif“ („Tasrifga oid arabcha manzuma“).
Manbalar