Ravshan Abrorovich Usmonov (30-sentabr, 1978-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati, yurist. 2012—2017-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisiAmbassador's Curriculum Vitae. 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi

Biografiyasi 1978-yil 30-sentyabrda Toshkentda tugʻilgan.

Taʼlim 2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.

Ish tajribasi 2000—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi, referenti, attashesi.

2005—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2007—2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili.

2010—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2012—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parijda).

2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2018-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi .

Rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biladi.

Mukofotlari „Doʻstlik“ ordeni (2025).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Italiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Portugaliyadagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar