Ibrohim Muhammad Xalil (15 asr) – xurosonlik turkigoʻy shoir va amirzoda, Muhammad Xalilning oʻgʻli. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi nazmiy taʼbi borligi, odobli va hurmatga sazovor yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Koʻrub agʻyorni filhol ilik koʻksumgakim, urdum,

Emas taʼzim uchun, xanjarlari zaxmini yoshurdum.

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik Turkum:Chala maqolalar Turkum:Majolis un-nafois