Solih al-Istoniy (arabcha: صالح الإستانى — Abu Shuʼayb Solih ibn Umar al-Istoniy) — Roviy.
Toʻliq ismi Abu Shuʼayb Solih ibn Umar ibn al-Abbos ibn Hamza ibn Amr ibn Aʼyan al-Xazoʻiy al-Istoniy. U X asrda Samarqandga qarashli Iston qishlogʻida tugʻilgan. Solih al-Istoniy ham va uning akasi Iso ibn Umar ham hadis roviylari boʻlgan. Ustozlari Solih al-Istoniy Isʼhoq ibn Ibrohim ad-Dabriy, Abu Yahyo Zakariyo ibn Yahyo An-Naqid va Muhammad bin Nasr Al-Marvaziylardan hadis tinglagan va rivoyat qilganYoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J.1. — Bayrut: Doru ihyoʻu-t-turos, 1979. -B. 206.. Shogirdlari Solih al-Istoniydan Abu al-Hasan Muhammad bin Al-Husayn Al-Xayyati Al-Jurjoniy Al-Hofiz hadis rivoyat qilganAbdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 133..
Vafoti Solih al-Istoniy X asr oxirida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar