Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad as-Saraxsiy (Raziyuddin), al-Hanafiy (Burhonuddin) — usulchi faqih bo‘lgan. Bir qancha vaqt Halabda yashagan. Al-G‘alaviya madrasasida taʼlim berish jarayonini boshqargan. Lekin hanafiy faqihlardan bir jamoa unga qarshi chiqqan va Nuruddin Zankiyning oldida uning xizmatlarini past baholaganlar. U milodiy 1176-yil (hijriy 571-yil) rajaboyining oxirgi juma kuni vafot etgan. Asarlari „al-Muhit al-kabiyrfi-n-nahv“ („Nahv haqida katta okean“, 40 jildli) „al-Muhit as-soniy“(„Ikkinchi Muhit“, 10 jildli) „al-Muhit ar-robiʼ“ („To‘rtinchi Muhit“,2 jildli). Mazkur asarlarning barchasi fiqh ilmiga oiddir. „Al-Vajizfi-l-usul“ („Usul haqida moʻjazkitob“) „Kitobu-z-zaxira“ („Zaxira kitobi“) „Fatovo sag‘iyra“ („Kichik fatvolar“)
Manbalar