Shin Hye-sun (1989-yil 31-avgustda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa. School 2013 teleserialida debyut qilgan Shin 2017-yilda oʻzining birinchi bosh rolini ijro etib, 8 milliondan ortiq tomoshabinni jalb qilgan holda haftalik My Golden Life dramasidagi obrazi orqali tanilgan. Shuningdek, u 30 lekin 17 (2018), The Hymn of Death (2018), Angel’s Last Mission:Love (2019) va Mr. Queen (2020-2021) kabi koreys dramalaridagi bosh rollari bilan ommada keng eʼtirof etilgan.
Shin aktyorlik mahorati, his-tuyg‘ularini tomoshabinlarga yetkaza olganligi uchun soha mutaxassislari tomonidan olqishlanib, unga „diction fairy“ laqabi qo‘yilgan va tomoshabinlar tomonidan o‘z avlodining eng yaxshi aktrisalaridan biri deb nomlangan.
Faoliyati
2012-2016: Faoliyatining boshlanishi va kichik rollar Shin maktab oʻquvchisi rolini ijro etish uchun tinglovdan muvaffaqiyatli oʻtib, School serialining boʻlimi boʻlgan School 2013 teledramasi orqali aktrisa sifatida debyut qilgan. Serialda u oʻzi bilan bir xil ismli ikkinchi darajali qahramon sifatida suratga tushgan.
Shin 2015-yilda Oh My Ghost va She Was Pretty filmida kattaroq rollarni ijro eta boshladi. Ikkala film ham romantik komediya boʻlsa-da, Shin tasvirlagan qahramonlar sezilarli darajada farq qiladi.
2016 — 2017-yillar: Mashxurlikka erishishi Shin 2016-yilda Five Enough filmi bilan mashxurlikka erishdi. Uning ishonuvchan, sodda-romantik ayol sifatidagi roli va aktyor Sung Hoon bilan hamkorligi tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi. Oʻsha yili Shin Moviy dengiz afsonasi fantastik-romantik dramasida rol ijro etdi.
Shin 2017-yilda A Day filmidagi ilk bosh rolini ijro etgan. Keyin esa kriminal-triller Strange serialida asosiy qahramon sifatida suratga tushgan. Koʻp oʻtmay, KBS2 telekanalida efirga uzatiluvchi My Golden Life dramasida bosh rolni ijro etgan.
2018 — 2019: Badiiy qahramon sifatida Shin 2018-yilda Li Jong-Suk bilan birga SBS telekanalida efirga uzatilgan The Hymn of Death nomli dramada bosh rolga tayinlangan. Dramada Shin Koreyaning birinchi professional soprano xonandasi Yun Sim-deok rolini ijro etgan.
Oʻsha yili Yang Se-jong bilan birga SBS telekanalida efirga uzatiluvchi komediya dramasi Still 17 filmida baxtsiz hodisa tufayli hayoti tubdan oʻzgarib ketgan skripkachi sifatida suratga tushdi.
Shin 2019-yilda KBS2 telekanalining Angel's Last Mission:Love fantastika-romantik dramasida Kim Myon Su bilan hamkorlikda sevgiga qiziqmaydigan balerina rolini o‘ynagan.
2020-yildan hozirgi kunda: Film debyuti va mashxurligi Shin 2020-yilda onasini (Bae Jong-ok) taʼqibdan himoya qilishga qaror qilgan advokat sifatida Innocence huquqiy filmida oʻzining birinchi bosh rolini ijro etishga tayinlandi. Filmdagi ijrosi uchun ijobiy baholar oldi va „Eng yaxshi yangi aktrisa uchun 41st Blue Dragon Film Award“ mukofotiga nomzod boʻldi.
Noyabr oyida Li Je-Hun bilan hamkorlikda rol ijro etgan Collectors filmida sanʼat murabbiysi Yoon sifatida paydo boʻlgan va keyinchalik TVN telekanalida efirga uzatilgan Mr. Queen hit dramasida Kim So-Yong (Qirolicha Cheorin) rolida ikki obrazli bosh rolni ijro etgan.
Shin 2021-yil 14-dekabrda YNK Entertainment kompaniyasi bilan shartnomasini yana bir bor yangiladi.
Xayriyasi Shin 2022-yil 30-avgust kuni „The Neighbors Honors Club“ xayriya jamgʻarmasi orqali 2022-yilda Janubiy Koreyadagi suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berish uchun ₩100 million xayriya qildi.
Filmografiyasi
Film YilNomRolIzohlar2014One Summer NightSo-raQisqa metrajli filmReturn MatchJoo-yeonQisqa metrajli filmThe Mother EarthDae-jiQisqa metrajli film2016A Violent ProsecutorYoon-ah2017A DayMi-kyung2020InnocenceAhn Jung-inCollectorsCurator Yoon2023Open the DoorSoo-hyun rowspan="2" She DiedSo-raBrave CitizenSo Shi-min
Teleserial YilNomRolIzohlarHavl2012-2013School 2013Shin Hye-sun2014Angel Eyesyosh Cha Min-sooHigh School King of SavvyGo Yoon-joo2014-2015Forever YoungHan Mi-so2015Oh My GhostKang Eun-heeShe Was PrettyHan Seol2016Five EnoughLee Yeon-taeMoviy dengiz afsonasiCha Si-ah2017StrangerYoung Eun-soo1-mavsum2017-2018My Golden LifeSeo Ji-an2018Still 17Woo Seo-riThe Hymn of DeathYun Sim-deok2019Angel’s Last Mission: LoveLee Yeon-seo2020-2021Mr. QueenKim So-yong, Queen Cheorin / Jang Bong-hwan2023See You in My 19th LifeBan Ji-eum / Yoon Joo-won
Manbalar
Havolalar Shin Hye-Sun YNK Entertainmentda
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar
