Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turkiyadagi birinchi nomi Iqtisodiyot fakulteti boʻlgan taʼlim muassasasidir. Mamlakatdagi eng qadimiy va eng yirik taʼlim muassasasi bo‘lgan, tashkil etilishi 1453-yilga borib taqaladigan Istanbul universiteti tarkibidagi Iqtisodiyot fakulteti 1936-yil 14-dekabrda tashkil etilgan. U Istanbul universiteti Beyazit kampusida joylashgan.

Chet ellik asoschi professorlar Iqtisodiyot fakultetini tashkil etishda Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyadan qochib Turkiyagadan boshpana topgan bir qancha nemis yahudiy olimlari qatnashdilar. Ulardan baʼzilari:

Faxriy professorUmberto Ricci Fax. professorJozef Dobretsberger Fax. professorVilgelm Röpke Fax. professorFritz Noymark Fax. professorAleksandr Rustov Fax. professorAlfred Isaak Fax. professorGerxard Kessler

Bitiruvchilari 1937-yil 4-martda 118 talaba bilan ish boshlagan fakultet 1939-1940-oʻquv yili oxirida ilk bitiruvchilarni chiqardi. Fakultetning birinchi bitiruvchisi (1-raqamli diplom) Adnan Altay Özbek va birinchi ayol bitiruvchisi (2-raqamli diplom) Fatma Zehra Bereketdir. Fakultet o‘zining ilk bitiruvchilarini chiqarganidan uch yil o‘tib, 1943-yil 1-martda bitiruvchilarni bir yerda birlashtirgan Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uyushmasi tashkil etildi. Qisqa nomi Iqtisodiyot Jamgʻarmasi boʻlgan Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari va aʼzolari fondi 1986-yil 13-noyabrda tashkil etilgan.

11-Prezident Abdulla Gul Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.

Kafedralari

Ingliz tili iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot kafedrasi Mehnat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish munosabatlari kafedrasi Moliya kafedrasi Ekonometriya kafedrasi Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedrasi Biznes boshqaruvi kafedrasi Turizm menejmenti kafedrasi Boshqaruv axborot tizimlari kafedrasi

Bir muddat talaba qabul qilmagan Siyosatshunoslik va Xalqaro munosabatlar, Turizm menejmenti va biznes kafedralari 2005-2006-o‘quv yilidan boshlab yana talaba qabul qila boshlagan.

2020-2021-yillarga kelib, Moliya va biznes kafedralaridagi dars jarayonlarida 30% ingliz tilidan foydalana boshlangan.

Manbalar

https://iktisat.istanbul.edu.tr/tr/yonetim

Havolalar

Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti veb-sayti 8 Nisan 2013 tarihinde Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uyushmasi 10 Ağustos 2013 tarihinde Iqtisodchilar fondi

Turkum:Oliy oʻquv yurtlari Turkum:Turkiyadagi universitetlar