Skeytbording — Amerika Qoʻshma Shtatlarida paydo boʻlgan harakat sport turi boʻlib, u skeytbordda minish va tryuklarni bajarish, shuningdek, koʻngilochar mashgʻulot va transport turini oʻz ichiga oladi. Bu sport turi yillar davomida koʻplab skeytbordchilar tomonidan shakllantirilgan va hissa qoʻshib kelinmoqda. 2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra skeytbording bozorining yillik daromadi taxminan 4,8 milliard dollarni tashkil etishi va dunyoda 11,08 million faol skeytbordchilar borligi aniqlangan. 2016-yilda ilk bor Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga kiritilishi va turli jins vakillari uchun alohida musobaqalar oʻtkazilishi eʼlon qilindi.

1970-yillardan boshlab skeytparklar skeytbordning turli xil yoʻnalishi bilan shugʻullanadiganlar uchun va yaqindan boshlab skuter uchadiganlar uchun ham qurilgan va quilib boryabdi. Biroq, skeytbording sport turi bilan baʼzi noqonuniy joylarda, masalan, yoʻl chetlari, zinapoyalar, oʻrindiqlar va bogʻlarda shugʻullanish orqali ularga zarar yetkazilayotgani hali ham munozarali bahs boʻlib qolmoqda.

Tarixi 1940-1960-yillarda Birinchi skeytbordlar yogʻoch qutilar yoki taxtalardan yasala boshlangan, pastki qismga skeyt gʻildiraklari oʻrnatilgan. Skeytbordlardan oldin skuterlar taxtaning old qismiga biriktirilgan yogʻoch sandiqlar va oddiy tutqichlarni biriktirish orqali hosil qilingan. Oddiy qutilardan yasala boshlagan skeytbord taxtasi bugungi kunda skeytbord palubasiga oʻxshash taxtalarga oʻzgartirildi.

Skeytbording, bugungi kunda mavjud boʻlganidek, 1940-yillarning oxiri yoki 1950-yillarning boshlarida, Kaliforniyadagi syorfingchilar toʻlqinlar tekis boʻlganda nimadir qilishni xohlagan paytda oʻylab topilgan. Bu yoʻlakdagi syorfing deb nomlandi va syorfingning yangi boʻlimi sifatida juda ham ommalashdi. Birinchi skeytbordni kim yasaganini hech kim bilmaydi; bir vaqtning oʻzida bir nechta odamlar skeytbord yasashning turli xil gʻoyalari bilan chiqqan. Birinchi ishlab chiqarilgan skeytbordlar Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) syorfing doʻkoni tomonidan buyurtma qilingan boʻlib, ular syorfingchilar syorfing bilan shugʻullanishdan ortgan vaqtlarida uchishlari uchun moʻljallangan. Doʻkon egasi, Bill Richard, Chikagodagi Roller Skate Company bilan skeyt gʻildiraklari toʻplamlarini ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma tuzdi va ular kvadrat yogʻoch taxtalarga biriktirildi. Shunga koʻra, skeytbording dastlab yoʻlak boʻylab syorfing deb atalgan va dastlabki skeytbord uchuvchilari syorfingdagi uslub va harakatlarga taqlid qilganlar va yalangoyoq uchishgan.

1960-yillarga kelib, Janubiy Kaliforniyadagi Jek, Kips, Hobie, Bing va Makaha kabi kam sonli syorfing ishlab chiqaruvchilari kichik syorf taxtalariga oʻxshash skeytbordlar qurishni va oʻz mahsulotlarini targʻib qilishni boshladilar. Skeytbord boʻyicha eng qadimgi koʻrgazmalardan biri 1963-yilda Makaha asoschisi Larry Stevenson tomonidan homiylik qilingan va Kaliforniyaning Hermosa Beach shahridagi Pier Avenue Junior High Schoolda oʻtkazilgan. Xuddi shu skeytbordchilar jamoalarining baʼzilari 1964-yilda Sten Richards tomonidan mezbonlik qilgan Surfʼs Up nomli telekoʻrsatuvda ham namoyish etildi, bu skeytbordingni yangi va qiziqarli mashgʻulot sifatida targʻib qilishga yordam berdi.

Skeytbordning mashhurligi kengayib borar ekan, birinchi skeytbord jurnali The Quarterly Skateboarder 1964-yilda nashr etilgan. Jurnalni nashr etgan John Severson oʻzining birinchi tahririyatida shunday yozgan:

Manbalar

Turkum:Sport turlari Turkum:Skeytbording Turkum:Skeytbording bo`yicha chala maqolalar