Attob ibn Asid (arab. عَتّاب إبن أَسِيد إبن أبي العيص إبن أمية إبن عبد شمس – 612–644) – Quraysh qabilasining Banu Umayya urugʻidan boʻlgan sahobiy. U Makka shahrining fath etilishi ortidan, 630-yil yanvar oyida Muhammad alayhissalom tomonidan shahar voliysi etib tayinlangan .
Makka musulmonlar tomonidan fath qilinganidan keyin Attob islomni qabul qilganEditors 1960, p. 751.. Musulmonlar uchun oʻzining muqaddasligi tufayli Makka voliyligi orzu qilingan lavozim edi va Attob ushbu lavozimga tayinlanadi. Voqidiyning yozishicha, u Abu Bakr (632-634) xalifaligida 634 yilgacha, Tabariyga koʻra, xalifa Umar davrida 642-yilgacha bu lavozimda ishlagan. Attob qurayshliklarning Muhammad alayhissalomga qarshi boʻlgan dastlabki yetakchilaridan Abu Jahlning qizi Juvayriyaga uylangan edi. Voqidiyning yozishicha, Attob 634-yilda vafot etgan, Tabariy esa uning 644-yilda vafot etganini qayd etgan. Attobning oʻgʻli Abdurahmon Oysha r.a. qoʻshinida taniqli askar boʻlib, u 656-yilda Jamal jangida Molik al-Ashtar tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum: Shaxsiyatlar Turkum: Sahobalar Turkum: Islom tarixi Turkum:Makkadagi Roshidun xalifaligi noiblari