(Abu Osim) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibod, al-Ibodiy al-Hiraviy (hijriy 458-yilning shavvol oyi (milodiy 1066-yil)da vafot etgan) — shofiʼiy faqih, noziktaʼb va isteʼdodli imom bo‘lgan. Yurt kezgan, ko‘p mashoyixlar bilan uchrashib, ularning saboqlarini olgan.

Asarlari Ko‘p foydali kitoblar, jumladan, quyidagi asarlarni tasnif qilgan: „Adabu-l-qozi“ („Qozilik odobi“); „al-Mabsut“ („Mufassal kitob“); „al-Hodiy ila mazhabi-l-ulamo“ („Ulamolar mazhabiga boshlovchi kitob“); „Kitobu-r-raddala-s-Samʼoniy“ („Samʼoniyga raddiya tarzida yozilgan kitob“); „Kitob latif fi tabaqoti-l-fuqaho“ („Faqihlarning tabaqasi haqida latif kitob“).

Manbalar