Anna Merdok Depeyster — Shotlandiya va Avstraliyalik jurnalist hamda romannavis.

Hayotining dastlabki yillari Anna Torv 1944-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahridaMegan Willett, „Hereʼs What Happened The Last Time Rupert Murdoch Got Divorced“ , Business Insider, 14 June 2013 Estoniyalik dengizchi savdogar Yakob Torv va shotlandiyalik kimyoviy tozalovchi Sylvia Braida oilasida tug‘ilgan .Uning ota-onasi Avstraliyaga hijrat qilguniga qadar Glazgoda kiyimlarni kimyoviy tozalash bilan shugʻullangan. Ular Sidney tashqarisida sayr qilish parkini ochadi va u muvaffaqitasizlikka uchraydi. Shundan soʻng, onasi oilaviy uyni tark etdi. Uning ikki akasi va bir singlisi bor. Katolik boʻlib ulgʻaygan Anna OurLady of Mercy kollejida, Parramatta, Yangi Janubiy Uels va Avstraliyada oʻqidi.

Faoliyati U jurnalistik faoliyatini 18 yoshida Sydneyning Daily Mirror gazetasida ishlashdan boshlagan. Shuningdek, u Sydney Daily Telegraph gazetasida jurnalist sifatida ham ishlaganKeyinchalik News Corporation direktorlar kengashida xizmat qilgan.

U uchta kitob yozgan. Uning birinchi romani „ In Her Own Image“ Murrumbidgee daryosi yaqinidagi qoʻychilik fermasida bitta yigitni sevib qolgan ikki opa-singil haqida.

Shaxsiy hayoti U 1967-yildan 1999-yilgacha turmush oʻrtogʻi Rupert Murdoch bilan yashaganNathalie Tadena and Momo Zhou, „Divorce Has a Hefty Price Tag for Celebrities, Billionaires“, ABC News, 20 August 2009Ken Auletta, Rupert Murdoch Wants A Divorce, The New Yorker, 13 June 2013. Ularning uchta farzandi bor edi:

Elizabeth Murdoch (1968-yilda tugʻilgan) Lachlan Murdoch (1971-yilda tugʻilgan) James Murdoch (1972-yilda tugʻilgan)

Ular 1999-yilda ajrashgach, maʼlumotlaga koʻra, u bu ajrashuvdan 1,7 milliard dollar (shu jumladan, 110 million dollar naqd pulda) olgan. U olti oydan keyin moliyachi William Mann bilan turmush quradi.Ular The Hamptonsʼda, ilgari filantrop Yasmin Aga Khanga tegishli boʻlgan uyda istiqomat qilishgan.

The Independent nashrining yozishicha, Murdochning o‘rinbosari Alick McKeyning rafiqasi Muriel McKaynini o‘g‘irlaganlar va qotillar dastlab uning o‘rniga Anna Merdochni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va McKaylar Murdochning avtomobillaridan biridan foydalanganida, chalkashlik yuzaga kelgan.

1998-yilda u the Dame of St.Gregory the Great ordeni bilan taqdirlanganPope Honors Rupert Murdoch, Roy Disney, Bob Hope.

Uning turmush oʻrtogʻi William Mann 2017-yilda vafot etgan. Soʻng 2019-yil aprel oyida Ashton dePeysterga turmushga chiqqan.

Adabiyotlar

In Her Own Image (Morrow, 1986) Family Business (Morrow, 1988) Coming to Terms (1992) Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar