Quyosh mahallasi (Aloqa koʻchasi-1) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla. Tumandagi Orzu, Allon, Chigʻatoy Darvoza va Chustiy mahallalari hamda Shayxontohur tumanining Ilgʻor mahallasi bilan chegaradosh.1970yil. Shayxontoxur tumanidagi „Ilgoʻr“ mahallasidan ajralib chiqgan. 1970—2000-yillar Abdulla Qodiriy, 2000—2001-yillarda Allon, 2001—2016-yillarda Alisher Navoiy mahallasi deb nomlangan. 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Quyosh deb oʻzgartirilgan.
Aholisi 7 200 kishidan ortiq, asosan, oʻzbeklar (2009). Mahalla hududida Olmazor tuman sport boʻlimi, „Oʻzgazloyiha“ instituti, Toshkent shahar Ichki ishlar boʻlimining yongʻindan saqlash boʻlimi, tuman elektr tarmoqlar boʻlimi, oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi va maishiy xizmat koʻrsaish shaxobchalari, 11 ta katta-kichik koʻcha, bir qancha koʻp qavatli uylar mavjud.
Manbalar
Turkum:Olmazor tumanidagi mahallalar