thumb|right|200px|shaxmat taxtasi, donalari va shaxmat soati. right|thumb Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Ba'zida bu o'yinning Xiang qi (Xitoycha shaxmat) yoki shogi (Yaponcha shaxmat) kabi boshqa xil shakllaridan ajratish maqsadida Xalqaro shaxmat yoki G'arb shaxmati deb ataladi. shaxmat yashirin ma’lumotlar yoki tasodifiylik elementlarini o’z ichiga olmaydigan abstrakt strategik o’yindir. Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilish . Bu o'yin 64 ta katakli taxtada 32 ta figura yordamida va 8x8 katakli taxtada oʻynaladi.
O'yinchilar, odatda, "Oq" yoki "Qora" deb ataladi. Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi: Shoh — 1 dona Farzin — 1 dona Rux— 2 dona Fil — 2 dona Ot — 2 dona Piyoda 8 dona
shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.
Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.
Tarixi
shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Oʻzbek xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Oʻzbeklar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
shaxmat XI asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. XV asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512-yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. XVII asrda Joakkino Greko (Italiya), XVIII asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), XIX asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.
1851-yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886-yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987-yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000-yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
Shaxmat Oʻzbekistonda
Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (I—II-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida VII(7)—VII(8)-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. IX-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al-Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish shashxolning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majoil ul-nafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ash-Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va XIV(14)-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. Amir Temurning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.
XX(20)-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar shaharlarda shaxmat toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shaxmatni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930-yildan erkaklar, 1935-yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali taʼsir etdi. XX (20)-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat-shashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).
1992-yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999-yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyoning birinchi, 2004-yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi.
Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga egaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Asror Moʻminov.
FIDE tasnifi boʻyicha jahon chempionlari V. Steynits : 1886 — 1894 E. Lasker : 1894 — 1921 X.R. Kapablanka : 1921 - 1927 A. Alyoxin : 1927 — 1935, 1937 — 1944 M. Eyve : 1935 - 1937 M. Botvinnik : 1948 — 1957, 1958—1960, 1961—1963 V. Smislov : 1957 — 1958 M. Tal : 1960 - 1961 T. Petrosyan : 1963 — 1969 B. Spasskiy : 1969 — 1972 R. Fisher : 1972 - 1975 A. Karpov : 1975 - 1985, 1993 - 1999 G. Kasparov : 1985 — 1993 A. Xalifman : 1999 — 2001 V. Anand : 2001 — 2002 R. Ponomaryov : 2002 — 2004 R. Qosimjonov : 2004 - 2005 V. Topalov : 2005 - 2006 V. Kramnik : 2006 - 2007 V. Anand : 2007 - 2013 M. Karlsen : 2013 - 2023 N.Abdusattorov🇺🇿Oʻzbekiston : 2023 - 2024 N.Abdusattarov 🇺🇿Oʻzbekiston: 2024 - .....
Adabiyotlar Muhitdinov M., Oʻzbekistonda shaxmatchilik, T., 1961; Muhitdinov M., shaxmat — koni hikmat, T., 1994.
Pochta shaxmat
Bu shaxmatning bir turi bo'lib, raqiblar uzoq joylarda bo'lib, harakatlar elektron pochta orqali (ilgari xat orqali) uzatiladi. Javob vaqti kunlar bilan o'lchanadi va o'yinni bajarish uchun oylar yoki yillar kerak bo'lishi mumkin.
1951-yilda tashkil etilqan Xalqaro pochta shaxmat federatsiyasi (ICCF) ICCF o'zining Olimpiya va jahon chempionatlarini shu uslub bilan tashkil quiladi.
Pochta shaxmat bo'yicha jahon chempionati
# Yillar Chempion Millati 01. 1950-1953 Cecil Purdy 1-jahon chempionati 02. 1956-1959 Viacheslav Ragozin 2-jahon chempionati 03. 1959-1962 Alberic O'Kelly 3-jahon chempionati 04. 1962-1965 Vladimir Zagorovsky 4-jahon chempionati 05. 1965-1968 Hans Berliner 5-jahon chempionati 06. 1968-1971 Horst Rittner 6-jahon chempionati 07. 1972-1976 Yacob Estrin 7-jahon chempionati 08. 1975-1980 Jorn Sloth 8-jahon chempionati 09. 1977-1983 Tonu Oim 9-jahon chempionati 10. 1978-1984 Vytas Palciauskas 10-jahon chempionati 11. 1983-1989 Fritz Baumbach 11-jahon chempionati 12. 1984-1991 Grigory Sanakoev 12-jahon chempionati 13. 1989-1998 Mikhail Umansky 13-jahon chempionati 14. 1994-2000 Tonu Oim 14-jahon chempionati 15. 1996-2002 Gert Timmernan 15-jahon chempionati 16. 1999-2004 Tunc Hamarat 16-jahon chempionati 17. 2002-2007 Ivar Bern } 17-jahon chempionati 18. 2003-2005 Joop van Oosterom 18-jahon chempionati 19. 2004-2007 Christophe Leotard 19-jahon chempionati 20. 2004-2011 Pertti Lehikoinen 20-jahon chempionati 21. 2005-2008 Joop van Oosterom 21-jahom chempionati 22. 2007-2010 Aleksandr Dronov 22-jahon chempionati 23. 2007-2010 Ulrich Stephan 23-jahon chempionati 24. 2009-2011 Marjan Semri 24-jahon chempionati 25. 2009-2013 Fabio Finocchiaro 25-jahon chempionati 26. 2010-2014 Ron Langeveld 26-jahon chempionati 27. 2011-2014 Aleksandr Dronov 27-jahon chempionati 28. 2013-2016 Leonardo Ljubicic 28-jahon chempionati 29. 2015-2015 Aleksandr Dronov 29-jahon chempionati 30. 2017-2019 Andrey Kochemasov 30-jahon chempionati 31. 2019-2022 Fabian Stanach Christian Muck Ron Langeveld 31-jahon chempionati 32. 2020-2022 Jon Edwards 32-jahon chempionati
Pochta shaxmat olimpiadasi # Yillar Oltin medal Kumush medal Bronza medal 01. 1949-1952 Chexoslovakiya 02. 1952-1955 Chexoslovakiya 03. 1958-1961 Sovet Ittifoqi Yugoslaviya 04. 1962-1964 Sovet Ittifoqi Demokratik Germaniya 05. 1965-1968 Chexoslovakiya Sovet Iffifoqi Federal Germaniya 06. 1968-1972 Sovet Ittifoqi Chexoslovakiya Demokratik Germaniya 07. 1972-1976 Sovet Ittifoqi Britaniya 08. 1977-1982 Sovet Ittifoqi Britaniya 09. 1982-1987 Britaniya Federal Germaniya Sovet Ittifoqi 10. 1987-1995 Sovet Iffifoqi Demokratik Germaniya 11. 1992-1999 Chexoslovakiya 12. 1998-2004 13. 2004-2009 14. 2002-2006 15. 2006-2009 16. 2010-2016 17. 2009-2012 18. 2012-2016 19. 2016-2021 20. 2016-2019 21. 2020-2023
Manbalar
Turkum:Sport turlari