Tatyana Vladimirovna Kim (1975-yil 16-oktabrda tugʻilgan) — rossiyalik tadbirkor, kiyim-kechak, poyabzal, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa mahsulotlarning xalqaro onlayn-doʻkoni Wildberries asoschisi va bosh direktori. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil avgust holatiga koʻra Tatyana Bakalchuk 13 milliard dollar boyligi bilan Rossiyadagi eng boy ayol edi. 2022-yilda esa uning boyligi 2,1 milliard dollarga baholanganhttps://meduza.io/episodes/2021/08/30/semya-osnovatelnitsy-wildberries-tatyany-bakalchuk-samaya-bogataya-v-rossii-ob-ih-uspehe-mozhno-uslyshat-istoriyu-pohozhuyu-na-skazku-a-vot-chto-bylo-na-samom-dele.
Tarjimai holi
Tatyana Kim 1975-yil 16-oktyabrda sovet koreyslari oilasida tugʻilgan. Uning onasi boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, otasi esa muhandis edi. U Gazoprovod qishlogʻidagi maktabni bitirgan. 1997-yilda Kolomna pedagogika institutining chet tillar fakultetini tamomlagan. Oʻqishi davomida maktabda ishlab, repetitorlik bilan shugʻullangan. Tatyana dizaynerlik kasbini tanlamoqchi boʻlgan, biroq 1998-yildagi inqiroz sabab uning rejalari oʻzgaradi.
2000-yillarning boshlarida Bakalchuk boʻlajak turmush oʻrtogʻi Vladislav Bakalchuk bilan tanishadi. Vladislav maʼlumoti boʻyicha radiofizik va tadbirkor hamda „Utech“ internet provayderining asoschisi edi. 2004-yilda Tatyana farzandi tugʻilgandan soʻng, oʻz biznes gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylaydi hamda kiyim va poyafzallarning Internet savdosini amalga oshirishni boshlaydi. Erining kompaniyasi tarkibiga kiruvchi dizayn studiyasida veb-sayt yasatadi va mashhur Otto va Quelle kataloglaridan tovarlarni buyurtma qilar va ularni ustiga pul qoʻyib qayta sotardi.
Qiziqarli faktlar Qo'shiqchi Anita Tsoy Tatyananing qarindoshi hisoblanadi.
Wildberries saytining ilk versiyasini yaratishga 700$ sarflangan.
Manbalar