(Abu Said, Abu Abdulloh, Tojuddin) Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Masʼud al-Masʼudiy al-Xurosoniy al-Marvaziy al-Panjdehiy ash-Shofiʼiy (hijriy 522-yil (milodiy 1128-yil)da tavallud topib, 584-hijriy yil (milodiy 1188-yil)da rabiulavval oyida Damashq shahrida dunyodan o‘tgan) — faqih, sufiy, muhaddis, adib va tilshunos bo‘lgan. Misr podshosi Salohuddin Ayyubiyga taʼlim-tarbiya bergan, Misrdagi ilm majlislarida hadislarni imlo qildirgan.
Asarlari „Sharhu-l-maqomot li-l-Haririy“ („Haririy maqomotlariga sharhlar“) — 5 katta jilddan iborat; „al-Iʼtibor fi nosix va mansuxi-l-hadis“ („Hadisning nosix va mansux jihatlari ahamiyati“).
Manbalar