Muhammad ibn Ali ibn Umar as-Samarqandiy — tabib bo‘lgan. (Mo‘g‘ul) Tatarlar Hirot shahriga bostirib kirganda, o‘sha yerda o‘ldirilgan.

Asarlari „Ag‘ziyatu-l-marziy“ („Bemorlar uchunovqatlar“); „al-Asbob va-l-alomot“ („Sabablar va alomatlar“, muallif ushbu asarni 827-hijriy yil safar oyining oxirida Samarqandda yozib tugatgan va uni sulton Ulug‘bekka hadya qilgan. Ushbu asar „al-Hamdu lillohi alaniʼamaihi-s-sobig‘a…“ („Neʼmatlari mukammal Zot — Alloh taologa hamd-u sanolar bo‘lsin!…“ deb boshlanadi. „Kitobu-l-aqrobozini-l-kabiyr“ („Dorishunoslikdagi katta kitob“); „Kitobu-l-aqrobozini-s-sag‘iyr“ („Dorishunoslikdagi kichkina kitob“); „al-Abdol mina-l-maʼojinva-l-aqros va-l-adviya-l-mufrada al-mustaʼmala va xavosuho va afʼoluho“ („Qorishmalar, tabletkalar va qo‘llaniladigan yagona davolar o‘rniga ishlatiladigan narsalar va ularning xususiyatlari va taʼsiri“); „Asbobu-l-ilal va ilojuho va alomatuho“ („Kasalliklarning sabablari, muolajasi va alomatlari“); „Usul at-tarkib al-adviya“ („Dorilarni tayyorlash usullari“); „al-Ag‘ziya va-lashriba li-l-marzo“ („Kasallar uchun taomlar va ichimliklar“); „Risola fiabdoli-l-adviya“ („Dorilar o‘rniga ishlatiladigan narsalar haqidagi risola“); „Risola fi-l-atʼima“ („Taomlar risolasi“); „Risola fi-l-atʼima li-l-asʼho“ („Sog‘lom odamlaruchun taomlar risolasi“); „Risola fimadovot vajʼi-l-mafosil“ („Revmatizm og‘rig‘ini davolash risolasi“); „Sharhu-l-asbob va-l-alomat li Nafis ibn Avz al-Karomoniy“ („Nafis ibn Avz al-Karomoniyning sabablarva alomatlar asariga sharh“); „Kitobu adviyati-l-qalb va ma yataʼallaq bihi“ („Yurak va unga aloqador aʼzolar uchun dorilar kitobi“); „Navodiru-l-hikma“ („Nodir hikmatlar“); „al-Majmuʼ fi-t-tibb“ („Tibbiyotga oid to‘plam“); „an-Najibiyot fi-ttibb va yuʼrafu bi-l-asbob va-l-alomat“ („Sabablar va alomatlar“ nomi bilan tanilgan tabobatga oidsaylanma kitob"); „al-Irshod fi attibbi-n-nofiʼ lijamiʼi-l-amroz“ („Tibbiyotda barcha kasalliklarga doir foydali ko‘rsatmalar“).

Manbalar