Mavlono Xizriy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning juda yosh ekani, endi tanila boshlagani haqida maʼlumot berib, yaxshi sheʼrlar bitishiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Zi hajrat dil damodam nolavu ohu figʻon dorad,
Gʻamat gar qasdi dil mekard, aknun qasdi jon dorad.
(Mazmuni: Hajringda dil dam-badam nolayu oh chekadi. Gʻaming dilga qasdmand edi, endi jonga qasd qiladi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik