CGP Grey - Buyuk Britaniyada joylashgan irland-amerikan taʼlim boʻyicha YouTuber, podkast va siyosat, geografiya, iqtisod, sotsiologiya, tarix, falsafa va madaniyat kabi mavzularda videolar ishlaydi. Grey nafaqat bu kabi videolar, balki Brady Haran bilan Hello Internet, Myke Hurley bilan Cortex podkastlarini olib boradi.

Yoshligi Grey Nyu-York shahrining Long-Aylend orolida oʻsgan. U Nyu-York shtatining yuqori qismidagi kollejga borib, ikki mutaxasislikka ega boʻldi: biri fizika, ikkinchisi sotsiologiya. Grey bolaligida otasi uning nomidan Irlandiya fuqaroligini olish uchun ariza berdi va u ikki tomonlama Amerika-Irlandiya fuqaroligini oldi.

Greyning Irlandiya fuqaroligi unga Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtishga imkon berdi. Grey Londonda iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oʻqigan va u hozirgacha shu yerda yashab kelmoqda. Grey Londonda fizika oʻqituvchisi boʻlgan.

Videolari Greyning asosiy YouTube kanali CGP Grey asosan siyosat, geografiya, iqtisod, tarix, samaradorlik, internet, ilm-fan, Amerika madaniyati va Britaniya madaniyati kabi mavzulardagi videolarni namoyish etadi. Kanlada asosan keng tarqalgan notoʻgʻri stereotip tushunchalarni yoʻq qiladigan yoki odamlarning kundalik savollariga javob beradigan videolardir.

Kanalda animatsiyalar, stok tasvirlari va fotosuratlar haqida hikoya qilingan videolar yuklanadi. Greyning deyarli barcha videolarida uning ovozi aks etgan boʻlsa-da, uning yuzi uning videolarida hech qachon koʻrsatilmagan va Grey boshqa kanallarda chiqqan videolarida ham yuzi hiralashtirib qoʻyiladi; u oʻzini koʻrsatish uchun odatda koʻzoynakli tayoq figurasidan foydalanadi. Greyning taʼkidlashicha, uning videolari hikoya qilib berish uslubi Yahtzee Croshawning Zero Punctuation seriyasi taʼsirida boʻlgan.

Greyning mashhur notoʻgʻri tushunchalarni rad etgan va Britaniya qirollik oilasi tarixi haqidagi videolari CBS telekanalida namoyish etilgan. London va London shahri farqlari haqida 2ta video yuklagan. Grey tomonidan ishlangan mualliflik huquqi qonuni va saylovchilar uchastkasini tushuntiruvchi yana ikkita video Mashableda namoyish etilgan. Kanalda, shuningdek, AQShning bir sentlik tangalarining iqtisodiy kamchiliklarini „Death to Pennies“ nomli videoda tushuntirib bergan. Boshqa videolar, jumladan, qanday qilib Rim papasi boʻlish mumkin nomli videosi ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi va oʻquv dasturlarida foydalanildi. Greyning Amerika qarzi chegarasi haqidagi videosi iqtisodchilar tomonidan olqishlandi.

Greyning Humans Need Not Apply videosi Biznes insayder sayti va The Huffington Post tomonidan yoritilgan va uning Nick Bostromning "zolim ajdarho haqidagi ertak nomli animatsion videosi Lifespan Extension Advocacy Foundationtomonidan bir ovozdan maqtovga sazovor boʻlgan. Grey yana bir YouTuber Kurzgesagt bilan hamkorlikda oʻng miya va chap miyani muhokama qiladigan „You Are Two“ deb nomlangan videoni suratga oldi. Popular Mechanics Greyning samolyotga chiqish va tirbandlik haqidagi videolarini taqdim etdi.

Podkastlar Hello Internet

2014-yil yanvar oyida Grey boshqa taʼlim yoʻnalishidagi YouTuber va ijtimoi tarmoq kontent yaratuvchisi Bredy Xaran bilan birgalikda Hello Internet podkastini ishga tushirdi. Podkast 2014-yil fevral oyida Buyuk Britaniya, Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Kanada va Avstraliyada iTunesning 1-raqamli podkasti boʻlib chiqdi. The Guardian podkastni 2016-yilning eng yaxshi 50ta podkastlari qatoriga kiritib, 66-epizodni („A Classic Episode“) yilning eng yaxshi podkast epizodi deb atadi. Nashriyot podkastni „chuqur bahs-munozaralar va hazil-mutoyiba boy podkast“ deb taʼriflagan. Grey 2015-yil sentabr holatiga koʻra podkastlarni tinglovchilar soni har bir epizodda taxminan „chorak million“ koʻrilgani haqida xabar bergan.

Podkastda ularning YouTubedagi professional kontent yaratuvchi sifatidagi hayotlari, shuningdek, ularning qiziqishlari va tashvishlari haqidagi munozaralar mavjud. Odatdagi mavzular orasida texnologiya odobi; kino va telekoʻrsatuvlarga sharhlar; samolyot halokati; veksilologiya; futurologiya; Grey va Xaranning shaxsiyati va turmush tarzi oʻrtasidagi farqlar haqida gap boradi. Grey va Xaranning fikr-mulohazalari odatda podkastning ikkinchi qismidan boshlanadi. Cortex 2015-yil 3-iyun kuni Grey oʻzining ikkinchi podkasti Cortexni Relay FMda ishlaydigan podkaster Myke Hurley bilan birga ishga tushirdi.

Maqtovlar 2013-yilda Caitlin Dewey Greyni „YouTube taʼlim videolari olamidagi mashhur odam“ sifatida koʻrishini yozgan. Iqtisodchi Joshua Gansning soʻzlariga koʻra, „Grey kabi YouTuberlar katta foyda olib kelmasa-da, internetdagi millionlab odamlarga matematika, fizika, siyosiy institutlar va tarixga oid mavzularda tushuntirishlar qilgan“. NPR xodimi Robert Krulwichning yozishicha, „Grey haqiqatni aytish uchun gʻayrioddiy isteʼdodga ega; u yolgʻonni ham maftunkor va jozibali tarzda gapirib bera oladi. Nimanidir oʻrganish qiyin boʻlishiga qaramay, janob Greyda qobiliyat bor“. Manbalar

Birlamchi manbalar Matnda bu havolalar oldidan qoʻsh xanjar (‡) qoʻyilgan:

Havolalar

Turkum:YouTuberlar Turkum:YouTube kanallar