Oʻzbekistonda 2023-yilgi prezidentlik saylovi – Oʻzbekistonda 2023-yil 9-iyul kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi.
Konstitutsiyaviy referendum maʼqullangandan soʻng, muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilishi belgilandi. Prezidentlik muddatlari yangilandi va amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevga yana ikki marta yetti yillik muddatga saylanish imkoniyatini berdi.
2023-yil 8-may kuni qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq oʻtkazish belgilangan. 10-may kuni saylovoldi kampaniyasi boshlandi. 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov oʻtkazish uchun 174 mlrd soʻm (taqriban 15 million 131 ming AQSh dollari) mablagʻ ajratilganini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, prezidentlik saylovlarida saylov huquqiga ega fuqarolarning kamida 33 foizi ishtirok etishi shart, aks holda saylov haqiqiy emas deb topiladi. Qonunda, shuningdek, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz olmasa, ikkinchi tur oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.
25-iyun va 2-iyul kunlari prezidentlikka nomzodlar vakillari oʻrtasida debatlar boʻlib oʻtdi. Bahslar televideniye orqali oʻzbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida namoyish etildi.
Nomzodlar Ismi, tavallud yili va partiyasiSiyosiy lavozimiRoʻyxatdan oʻtgan sanasiАbdushukur Xamzayev (1973)
Ekologik partiyaEkologik partiya raisi (2022-yilda)
Ekologik partiya raisining oʻrinbosari (2023-yildan)2023-yil 12-mayUlugʻbek Inoyatov (1962)
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiXalq taʼlimi vaziri (2013–2018)
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (2019-yildan)2023-yil 12-mayRobaxon Mahmudova (1968)
Adolat sotsial-demokratik partiyasiOʻzbekiston Respublikasi oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari (2020-yildan)2023-yil 12-mayShavkat Mirziyoyev (1957)
mustaqil nomzod
(Liberal-demokratik va Milliy tiklanish partiyalari)Oʻzbekiston Prezidenti (2016-yildan)
Oʻzbekiston Bosh vaziri
(2003–2016)2023-yil 12-may
Natijalari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni 88 foiz ovoz bilan qayta saylandi, deb xabar qildi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi. 10-iyul kuni dastlabki natijalarga tayanib, oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Prezident saylovining dastlabki natijalarini maʼlum qildi. Saylovda 15 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi. NomzodlarPartiyaBirinchi turOvoz %Shavkat MirziyoyevMustaqil13 625 05587,05Robaxon MahmudovaAdolat partiyasi693 6344,43Ulugʻbek InoyatovXalq demokratik partiyasi629 1164,02Abdushukur XamzayevEkologik partiyasi585 7113,74Yaroqli ovozlar15 533 51699,24Yaroqsiz ovozlar117 8890,76Jami15 651 405100Saylovchilar umumiy soni19 593 83879,88
Saylovga munosabat left|thumb|271x271px|Rahbarlari Mirziyoyevni gʻalabasi bilan tabriklagan davlatlar (yashil) va Oʻzbekiston (qizil) Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birinchi boʻlib hamkasbini gʻalaba bilan tabrikladi.
Xitoy yetakchisi Xi Jinping ham Mirziyoyevni tabriklab, uning faoliyatini yuqori baholadi.
Umuman, Mirziyoyev nomiga 20 dan ortiq davlat rahbarlaridan tabriklar keldi.
Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byuro (DIIHB) saylovlar „baʼzi islohotlarga qaramay, haqiqiy siyosiy raqobatda oʻtmaganligini“ keltirdi. Ularning hisobotida „saylov byulletenlarini toʻldirish belgilari, varaqalarda bir xil koʻrinadigan imzolarning koʻplab kuzatuvlari“ keltirildi. „Nomzodlarning hech biri amaldagi prezidentni ochiq tanqid qilmagan yoki muqobil siyosiy qarashlarni taqdim qilmaganligi, saylovoldi tashviqoti butun yil davomida past darajada olib borilgani“ qayd etilgan.
MDH kuzatuvchilari missiyasi saylovlar „shaffof, ochiq, adolatli va demokratik saylovlar tamoyillariga mos“ oʻtganini taʼkidladi. Taʼkidlanganidek, saylov „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga toʻliq mos holda oʻtgan“, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish huquqi kafolatlangan.
Manbalar