thumb choʻldagi saksovullar thumb|hudud xaritasi
Qarnob choʻl buyurtma qoʻriqxonasi — janubda Samarqand viloyati chegarasi boʻylab, gʻarbda Navoiy viloyati chegarasi boʻylab, shimolga Buxoro viloyati chegarasi boʻylab joylashgan. U sharqda „Nurobod“ davlat buyurtma qoʻriqxonasi, janubda „Muborak“ davlat buyurtma qoʻriqxonasi bilan chegaradosh.
Tashkil etilishi Navoiy viloyat hokimligining 1998-yil 9-iyundagi f-90-sonli qarori bilan muddatsiz vaqtga tashkil etilgan. Qoʻriqxonaning umumiy maydoni — ni tashkil etadi.
Tashkil etishdan maqsad — birinchi navbatda yo‘rg‘a tuvaloqni (Chlamydotis undulata) hamda uning yashash muhitini, shuningdek Qarnob choʻlining butun biologik majmuasini muhofaza qilishdan iborat. Buyurtma qoʻriqxona yoʻrgʻa tuvaloqning mavsumiy uchib oʻtish yoʻlida joylashgan. Yoʻrgʻa tuvaloq bu hududda asosan mavsumiy uchib oʻtish davrida uchraydi. Yozda nisbatan kamroq uchratish mumkin. Kuzgi uchib oʻtishda eng koʻp miqdordagi tuvaloqlar shu yerdan topilgan.
Tavsifi Qarnob buyurtma qoʻriqxonasi Qarnob choʻli biotopiga xos boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosidan tashkil topgan dasht hududidan iborat. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tasarrufida. Buyurtma qoʻriqxona doimiy qoʻriqlash ximatiga ega emas. Hudud tezkor reydlar oʻtkazish usuli bilan qoʻriqlanadi.
Tabiati Hayvonot dunyosi asosan qushlar va sudralib yuruvchilardan tarkib topgan. Hayvonlarning eng koʻp turlari bahor va kuzda, mavsumiy koʻchish paytida kuzatiladi. Oʻtroq turlarga: tolay tovushqoni (Lepus tolai), oddiy tulki (Vulpes vulpes), korsak (Vulpes corsac), kamenka (Turdidae), so‘fito‘rg‘ay (Alaudidae), kichik yirtqich qushlar (Falconidae), dasht agamasi, toshbaqa (Argionemys (Testudo) horsfieldii)lar kiradi. Buyurtma qoʻriqxonaning asosiy obyekti shubhasiz, qoʻriqxona hududida oz miqdorda in quruvchi yoʻrgʻa tuvaloq (Chlamydotis undulata) hisoblanadi. Yoʻrgʻa tuvaloqlarning katta qismini asosan koʻchish davrida kuzatish mumkin. Yana qarang
Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar Manbalar
Turkum:Ekologiya Turkum:Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar