Gocha Tkebuchava (; 1963-yil 24-noyabrda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Oʻzbekistonning "Paxtakor" klubida murabbiy yodamchisi vazifasida ishlagan.
Klubdagi faoliyati 1982-yilda Tbilisining „Lokomotiv“ jamoasida Sovet Ikkinchi ligasida professional debyut qilgan. 1982-1983 yillarda UEFA kubogida Moskvaning „Dinamo“ klubi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.
Terma jamodagi faoliyati 1983-yilda Gocha Tkebuchava SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida Meksikada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo u yerda birorta ham oʻyin oʻtkazmadi.
U Gruziya terma jamoasidagi yagona oʻyinini 1994-yil 26-iyunda Latviya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Tkebuchava murabbiy boʻldi. 2001-yilda Tbilisining „Dinamo“ jamoasini boshqargan. 2004-yilda u Gruziya yoshlar terma jamoasini boshqargan. 2017-yilning iyun oyidan 2020-yil dekabrigacha Toshkentning „Paxtakor“ klubida bosh murabbiy Shota Arveladzega yordamchi murabbiylik qilgan.
Yutuqlar
Umaglesi Liga-1990: ikkinchi oʻrin.
Manbalar
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Maccabi Herzliya F.C. futbolchilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar