Vazgen Ignatovich Manasyan (; 1958-yil 13-martda – 9-yanvar 2024-yil) – Asli arman millatiga mansub tojikistonlik professional sobiq futbol murabbiyi va futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Dushanbeda futbol oʻynay boshlagan. 1968—1970-yillarda „Charm toʻp“ Butunittifoq musobaqasida qatnashganVazgen Manasyan – Prirojdyonniy bombardir. Keyin Dushanbedagi „Spartak“ qoshidagi 5-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga oʻqishga kirdi. Valeriy Fayzrahmonov va Valeriy Korcheyevlardan tahsil olgan.
1975—1979-yillarda Tojikiston Politexnika institutida tahsil olgan va bir vaqtning oʻzida institut jamoasi tarkibida Tojikiston chempionatida oʻynagan. 1979-yil sentyabr oyida Pomi klubiga taklif qilindi. Manasyan dastlab oʻrinbosarlar tarkibida oʻynadi va u yerda toʻpurarlik xislatlarini koʻrsatdi.
U 1980-yilda „Pomir Dushanbe“ jamoasi tarkibida SSSR Birinchi ligasida professional debyutini amalga oshirgan.
1980-yildan jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. Birinchi mavsumda u chempionatning barcha 46 uchrashuvida maydonga tushib, 16 ta gol urgan. Keyingi mavsumlarda ham koʻp gol urildi va jamoa birinchi ligada yetakchi oʻrinlarda boʻldi. 1986-yilgi chempionatda u 27 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich unga mavsumning birinchi ligasining eng sermahsul toʻpurari uchun „Komsomolets Tajikistan“ gazetasining „Oltin butsa“ sovrini sohibi boʻlish imkonini berdi.
1987-yil 31-mayda „Rostselmash“ klubiga qarshi safar oʻyinida u birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi milliy chempionatdagi 100-golini kiritdi. 1988-yilgi mavsumda u jamoaga birinchi liga chempionatida kichik oltin medallarni qoʻlga kiritishga va SSSR Oliy ligasiga chiqishga yordam berdi. Natijada 120 ta gol bilan Birinchi liganing eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi.
Oliy ligada u unchalik sermahsul oʻynamadi – uch mavsumda atigi 3 ta gol urdi.
1992-yil aprel oyida SSSR parchalanganidan soʻng u „Pomir“ jamoasini tark etib, „Zenit“ klubiga oʻtdi. Hujum orti pozitsiyasi harkat qildi va 4 ta oʻyin oʻtkazdi.Oʻyinlar davomida olgan jaroxati unga tarkibda mustahkam oʻrin olishiga toʻsqinlik qildi.
U Dushanbega qaytib, jarohatini toʻliq davoladi va Ukrainaga koʻchib oʻtdi. Ukrainada yerda bir necha mavsumni Vorskla klubi safida Birinchi liga musoboqasida oʻtkazdi va Ukraina fuqaroligini oldi. Faoliyatini 1996-yilda Rossiya ikkinchi ligasining „Sanoat“ (Borovsk) jamoasida yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati 1992-yili Tojikiston terma jamoasi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati U Poltavaga qaytib keldi va u yerda KFK jamoasiga ustozlik qildi va Poltava viloyatining turli yoshdagi terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi.
2003-yilning dekabr oyidan boshlab u Volochanin-Ratmir klubiga murabbiylik qiladiIz „Pamira“ – v tverskuyu Venesiyu. 2004-yilda jamoani tark etgan.
2005-yilda u Janubiy Federal okrugining havaskorlar ligasida oʻynagan „Novorossiysk“ klubida ishlagan.
2006—2007-yillarda u Pavlovskaya qishlogʻidan „Kolos“ jamoasini boshqargan.
2011-yil mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik Vazgen klub murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan bie necha yil yordamchi murabbiy sifatida ishlaganVazgen Manasyan stal pomoщnikom glavnogo trenera tashkentskogo „Lokomotiva“. 2021-yilgi mavsumda maʼlum davrda Yaypaning „Turon“ klubi murabbiylar shatabida ishlagan.
Shaxsiy hayot Ikki farzandi bor. Katta qizi Olga va oʻgʻli Arsen (01/08/1987 y.). Olga Poltava viloyatining bosh pediatri boʻlib ishlaydi. Arsen Manasyan ham futbolchilik kasbini tanlaganManasyan Arsen Vazgenovich .
Vafoti 2021-yilda Manasyan saraton kasalligiga chalingan va bir necha yillar davomida bu kasallik bilan kurashgan. 2024-yil 9-yanvarga oʻtar kechasi Toshkentda vafot etgan.
Yutuqlar
SSSR Birinchi Ligasi Oltin butsa: 1986
Manbalar
Havolalar
Vazgen Manasyan Footballfacts saytida Vazgen Manasyan Transfermarkt saytida
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Saraton kasalligidan vafot etganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar